AQSh Senatorlari 11-sentabr teraktlarida Saudiya Arabistonini ayblamoqda

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishNyu-Yorkda terakt sodir bo‘lgan maydon
Nyu-Yorkda terakt sodir bo‘lgan maydon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2001 yilning 11-sentabrida Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan mudhish teraktlarning navbatdagi aybdori topildi. AQSh Senatorlari ushbu teraktlarida Saudiya Arabistonini ayblamoqda. Bunga asos maxfiy hisobotning e’lon qilinishi bo‘lgan.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Nyu York shtati senatori Kirsten Djillibrand va sobiq senator Bob Grem prezident Barak Obamadan 11-sentabr teraktlari haqidagi hisobotning maxfiy qismini e’lon qilishni talab qilmoqda, RIA Novosti Independent xabari asosida.

Hisobot kongress partiyalari tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan tuzilgan bo‘lib 800 varaqdan iborat. 2003-yilda hisobot e’lon qilinganda uning 28 varaqdan tashkil topgan oxirgi bo‘limi – maxfiylashtirilgan bo‘lib keng ommaga xabar qilinmagan edi.

Komissiya raisi o‘rinbosari bo‘lgan Bob Grem, yaqinda CBS News telekanaliga bergan intervyusida ushbu teraktlarga Saudiya Arabistoni aloqador ekanligini ta’kidladi. Ushbu ma’lumotni sobiq kongressmen Tim Remer va sobiq senator Bob Kerri ham tasdiqlashdi.

Gremning so‘zlariga qaraganda, hisobotda Saudiya Arabistonidan kelgan terrorchilarga kim yordam bergani aytilgan.

Xabar berilishicha, bo‘lajak terrorchilar AQSh hududiga kelganda til bilmagan va uchuvchilik malakasiga ham ega bo‘lmagan. Ularni Saudiya Arabistonining agenti bo‘lgan Omara al-Bayumi pul bilan ta’minlagan va uchuvchilik maktabiga o‘qishga yuborgan. Grem aytishiga qaraganda, ularga asosan Saudiya Arabistoni hukumati, mamalkatning boy badavlat fuqarolari va xayriya fondlari yordam bergan.

“Saudiyaliklarning 11-sentabr teraktida aybdorligini isbotlovchi dalillar orasida ushbu 28 varaq maxfiy hujjatlardan boshqa omillar ham bor”, — dedi Grem FoxNews telekanali efirida.

Barak Obamadan oldin ham, hisobotning 28 varaq maxfiy qismini e’lon qilishni bir necha bor talab qilishgan edi. Senator Jillibrand prezdent 21-aprelda Saudiya Arabistoniga bo‘lajak tashrifidan oldin ushbu ishni amalga oshirishi shart, deb o‘ylaydi.   

“Bu maqsadga muvofiq bo‘lgan bo‘lardi, chunki prezident Saudiya Arbistoni rahbariyati bilan hisobotda keltirilgan masalalarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘lardi”, — dedi Jillibrand CBS News telekanaliga. 

Nyu Yorkda egizak binolar o‘rnida qurilish - Sputnik O‘zbekiston
AQSh sudi 11-sentabr teraktlari uchun Erondan 10 mlrd $ talab qilmoqda

Ar-riyod bo‘lsa ushbu ma’lumotlarni “afsonalar quramasi” dedi.

Eslatib o‘tamiz, 2001-yilning 11-sentabrida AQShda bir necha teraktlar sodir bo‘lgan edi. Terrorchilar to‘rt samolyotni egallab olib ularning ikkitasini Nyu Yorkdagi Umumjahon Savdo markazi binosiga yo‘naltirgan. Bittasi Pentagonga va yana bittasi dalada qulab tushgan.

Terakt qurbonlari soni 2977 kishini tashkil qilgan. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, terakt ortida “Al-qoida” terorchilik tashkiloti turibdi deyilgan.  

Yangiliklar lentasi
0