TOShKENT, 13 apr — Sputnik, Mariya Sheludakova. Migrant ega INN haqida ma’lumot Rossiya Soliq qo‘mitasida mavjudligiga qaramasdan, chet el fuqarolari Migratsiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi markazga murojaat etishlari shart. Chunki, 28-mart sanasidan boshlab, patent uchun to‘lovni amalga oshirayotgan vaqtingizda, INN raqamini ko‘rsatib o‘tmasangiz, patent uchun to‘lov hisobga olinmaydi, va, tabiiyki, patent bekor qilinadi.
"Migratsiya XXI asr" jamg‘armasi prezidenti Vacheslav Postavnin mana shu "tashabbus" sabab, migratsiya xizmati yo‘q qilinganini aytmoqda. "FMSga nima uchun murojaat qilish kerakligi — men uchun jumboq. Nazarimda, ular mana shu INN tufayli katta muammolarni yaratishgan", — dedi u.
Ekspert fikriga ko‘ra, INN bilan bog‘liq tashabbus puxta ishlanmagan va bu FMS “piar aksiyasi” bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni, migratsiya xizmati “ishlamaydigan tizim” yordamida go‘yoki faoliyat yuritayotganday "ko‘rinish"ni vujudga keltirmoqchi.
"INN o‘z-o‘zidan hech narsa bermaydi. Agar u bir necha yil davomida nazorat olib borsa, va u yerga to‘langan soliqlar to‘g‘risida barcha ma’lumotlar kiritilsa, — bu boshqa gap. Agar INN faqat patent olish uchun kerak bo‘lsa, bu nimaga kerak, men umuman tushunmayman”, — deb ta’kidladi Postavnin.
“Dobrososedstvo” — Xalqaro aloqalarni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Yuriy Moskovskiy esa bu borada Postavnindan farqli o‘laroq, u qadar keskin fikrdamas. Bundan tashqari, u, FMS qarorini zarurat deb baholadi. “INN ham Rossiya, ham chet el fuqarosi uchun kerak”, ta’kidladi u.
Aytgancha, INN borasida Sizda tug‘ilgan har qanday savol bo‘yicha patent olgan joy — Migratsiya markaziga murojaat qiling. O‘zingiz bilan pasport, patent, to‘lagan to‘lovlaringiz cheklarini, registratsiya, INN guvohnomasini olishni tavsiya etamiz.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, hozirda vujudga kelayotgan muammolar muassasalarning o‘zaro muvofiqlashmagan holda faoliyat olib borayotgani natijasidir.
"Odamlarni yugurtirmaslik uchun FMS va Soliq inspeksiyasi hamda boshqa idoralar ma’lumotlar bazasi mujassamlashtirilgan bo‘lishi lozim. Elektron bazalar paydo bo‘lganiga unchalik ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, ammo biz ular xuddi yuz yil oldin tashkil qilingandek e’tiroz bildirapmiz. Tizim mukammallashtirilmoqda, ammo bu jarayon davomida, afsuski, odamlar jabr ko‘rmoqda”, deb ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarori bilan Migratsiya xizmatini mustaqil muassasa sifatida yo‘q qilindi va markaz Ichki ishlar vazirligiga bo‘ysundirildi.