Rossiyaga boruvchi migrantlar soni kamaydi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishToshkent-Moskva poyezdi kelishi
Toshkent-Moskva poyezdi kelishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federal migratsiya xizmati(FMS)xabariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistondan Rossiyaga kelayotgan migrantlar soni kamayganligi qayd etilgan.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Markaziy Osiyodan Rossiyaga tashrif buyurayotgan fuqarolar soni bir oz ortdi, deb xabar bermoqda Rossiya FMS matbuot-xizmati.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi o‘zbeklar hayoti: firibgarlar patent muammosiga yechim topdi

"Aprel oyi boshida olingan ma’lumotlar Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan tashrif buyurayotgan fuqarolar soni ortganini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston va Qozog‘istondan kelayotgan fuqarolar soni esa, aksincha, kamaygan”, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda Rossiyadagi o‘zbekistonliklar soni 1,7 millionni tashkil qilishi aytib o‘tilgan.
Bundan tashqari, joriy yilda 2015-yilga nisbatan nolegal migrantlar soni ikki barobarga qisqargani haqida ham ma’lumot bergan.

Yangiliklar lentasi
0