AQSh - noqonuniy daromadlarni yashirish uchun eng qulay joyga aylandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishLas Vegas Nevada, otel-kazino "Nyu-York-Nyu-York"
Las Vegas Nevada, otel-kazino Nyu-York-Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki yil oldin Umumjahon Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti dunyoning barcha mamalkatlarga chet el fuqarolariga tegishli bo‘lgan hisob raqamlari haqida ma’lumot almashishni taklif qilgan edi. AQSh haligacha unga qo‘shilgani yo‘q, deb yozadi Germaniyaning Deutsche Welle nashri.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. AQShning Nevada shtati noqonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘larni yashirish  uchun eng qulay joy bo‘lib qolmoqda, deb yozadi Germaniyaning Deutsche Welle nashri.

“Qonuniy yoki noqonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘larni yashirish uchun joy qidirganda, odatda birinchi bo‘lib Shveysariya, Lyuksemburgoki Kaymon orollari kabi joylar esga tushadi. Lekin Panamada topilgan hujjatlarga ko‘ra, ularnig hech biri, dunyoning eng ommaviy 10 offshori, ya’ni “soliq boshpanasi” ro‘yxatidan o‘rin olmagan. Amerikaning Nevada shtati bo‘lsa – o‘rin olgan”, — deb yozadi nashr.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama: dunyo savdosi qoidalarini Amerika yozadi, Xitoy yoki boshqalar emas

Nashr ekspertlari AQShning Nevada shtati qachon va qanday qilib noqonuniy mablag‘ egalari va soliqdan qochuvchilar uchun eng “yoqimtoy” joyga aylanganini aytib berishdi.

2010 yilda Vashingtonda AQSh fuqarolarining mamlakat tashqarisida joylashgan hisob raqamlariga soliq solish haqida qonun chiqdi (FATCA). Unga ko‘ra, moliya muassasalari AQSh soliq xizmatlariga, AQSh fuqarolarining chet eldagi hisob raqamlari haqida ma’lumot berishlari majburiy bo‘ldi.  

AQShning o‘zi bo‘lsa, mamlakatdagi chet el fuqarolarining hisob raqamlari va mol mulklari haqida ma’lumot berishdan bosh tortmoqda. DW fikriga ko‘ra, bu o‘ta ajablanarli hol.

Ikki yil oldin Umumjahon Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti (OESR) barcha mamalkatlarga chet el fuqarolariga hisob raqamlari haqida ma’lumot almashishni taklif qilgan edi. Odatda “soliq boshpanasi” hisoblangan Shveysariya, Lyuksemburg kabi barcha mamlakatlar ushbu tashabbusni qo‘llab quvvatladi, faqat AQSh unga qo‘shilmadi.

Mutaxassisilar firikga ko‘ra aynan shu fakt, AQSh hududini, kelib chiqishi mavhum bo‘lgan boyliklarni yashirish uchun juda qulay joyga aylantirdi.

Shveysariya yuridik firmasi Anaford ning soliq mutaxassisi Piter Kotorsianu aytishicha, Shveysariya, Singapur va boshqa bir qator mamlakatlar  OESR taklifiga ko‘ra, chet el fuqarolari haqida ma’lumotni xabar qilishga rozi bo‘lganidan keyin, AQSh “qoidaga bo‘y so‘nmagan” yagonda o‘yinchi bo‘lib qolgan.

“Shuning uchun odamlar o‘z qonuniy va noqonuniy yo‘l bilan topilgan boyliklarini AQShda yashirmoqchi”, — dedi u.  

Kaliforniya universitetining Irvayn yuridik maktabi xalqaro soliq eksperti Omri Marianning so‘zlariga qaraganda, Vashington OESR tashabbusiga prezident administratsiyasiga, Kongress tayziqi ostida, asosan respublikachilar partiyasi qarshiligi tufayli,  qo‘shilmagan.

Nyu Yorkda birja binosi - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo millionerlari qaysi mamlakatlarga ko‘chib o‘tmoqda?

Xususan, kongressmenlar fikriga ko‘ra noqonuniy bo‘lgan, FATCA qonuni uchun ular Obamani hatto sudga bermoqchi bo‘lishgan, deb esga oladi Mariann.

Eslatib o‘tamiz, dunyoning bir qator OAVlari Mossack Fonseca Panama yuridik firmasiga tegishli bir qator hujatlarni e’lon qilgan edi. Ularga ko‘ra, dunyo mamalkatlarining bir necha rahbarlari Panama offshorida pul yashirganligi gumon qilingan edi. Ushbu hujjatlarning haqiqiyligi hozircha isbotlanmadi.

Yangiliklar lentasi
0