Atambayev o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat tufayli ShHTga boykot e’lon qilmoqchi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati Navro‘z arafasida o‘zbek-qirg‘iz chegarasida mudofaani kuchaytirgani uchun, Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada o‘z BTRlarini joylashtirdi. Endi esa Qirg‘iziston prezidenti Atambayev 2016-yil 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitga bormasligini ta’kidlamoqda.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev, agar ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarada dushmanchilik kayfiyati hukm suradigan bo‘lsa, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitga bormasligini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston Bosh vaziri Temir Soriyev - Sputnik O‘zbekiston
Temir Soriyev: Qirg‘izistonning bir qarich yerini ham o‘zgalarga bermaymiz

"Agar vaziyat do‘stonalikdan yiroq bo‘lsa, men qanday borishim mumkin?" —deb ta’kidladi Atambayev jurnalistning “Chegaradagi vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etasizmi?”, degan savoliga.

Qirg‘iziston prezidenti sammitda ishtirok etish yuzasidan qarorni “o‘z xalqi manfaatidan” kelib chiqqan holda  qabul qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni Qirg‘iziston chegara xizmati O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada ikkita BTR va 40ga yaqin harbiylarni joylashtirgani haqida xabar bergan edi. O‘zbekiston Davlat Chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi chegaradagi kuchaytirilishlar Navro‘z bayrami bilan bog‘liq, deya izoh bergan edi.

Sal vaqt o‘tgach, O‘zbekistonga javob tarzida, Qirg‘iziston ham o‘z chegarasida harbiylar sonini ko‘paytirdi va BTRlarni joylashtirdi va O‘zbekistonga belgilanmagan chegara hududidan harbiy texnikalar va askarlarni olib chiqib ketish talabini qo‘ydi.

Miting ishtirokchilari. Qirg‘iziston - Sputnik O‘zbekiston
Muxolifat kuchlari Qirg‘iziston hukumatini qo‘lga olishga urindi

O‘zbekiston Davlat Chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi “sanab o‘tilgan harbiy texnikalar O‘zbekiston hududida joylashtirilgan, davlat chegarasini qo‘riqlash esa ikkiyoqlama kelishuv asosida, belgilanmagan chegara hududiga kirilmagan tartibda amalga oshirilmoqda”, deya javob qildi.

 Eslatib o‘tamiz, ShHT tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Belorussiya, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston esa kuzatuvchi davlatlar maqomiga ega.

2015 yilning iyulida ShHT tarkibiga Hindiston va Pokistonni qo‘shish jarayoni ishga tushirildi. Ufada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida tashkilotga raislik qilish Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0