Muxolifat kuchlari Qirg‘iziston hukumatini qo‘lga olishga urindi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishMiting ishtirokchilari. Qirg‘iziston
Miting ishtirokchilari. Qirg‘iziston - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internetda joylashtirilgan audioyozuvlarda muxolifatchilar mamlakatdagi vaziyatni notinchlashtirish va “Oq uyni” egallab olish haqida reja tuzishayotgani aks ettirilgan. Qirg‘iziston maxsus xizmat vakillari audioyozuv soxta emasligini tasdiqladi. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi ta’kidlanmoqda.

TOShKENT, 23 mar – Sputnik. 21-mart kuni Internet tarmoqlarida Qirg‘iziston milliy muxolifat kuchlari harakati yetakchilarining mamlakatni kuch bilan qo‘lga olish haqidagi muzokaralari aks ettirilgan audiotasma paydo bo‘ldi. Muxolifatchilar ushbu audioyozuv montaj ekanini aytishganiga qaramay, Qirg‘iziston milliy xavfsizlik Qo‘mitasi uning haqiqiyligini tasdiqladi, deb xabar qiladi Sputnik Qirg‘iziston.

Qirg‘iziston Bosh vaziri Temir Soriyev - Sputnik O‘zbekiston
Temir Soriyev: Qirg‘izistonning bir qarich yerini ham o‘zgalarga bermaymiz

Audioyozuvda Qirg‘iziston muxolifatchilar milliy harakati yetakchilari Quvonchbek Qodirov, Jalolobod viloyatining sobiq gubernatori Bekto‘ra Asanov va Davlatbek Turdunaliyevlar ovoziga o‘xshaydigan ovoz sohiblari “odamlarni ko‘chalarga olib chiqib”, parlament binosi hamda Bishkek shahridagi markaziy maydonda joylashgan prezident ma’muriyati binosini kuch bilan egallab olish rejasini muhokama qilishayotgani aks ettirilgan.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0