Temir Soriyev: Qirg‘izistonning bir qarich yerini ham o‘zgalarga bermaymiz

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston Bosh vaziri Temir Soriyev
Qirg‘iziston Bosh vaziri Temir Soriyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Bosh vaziri Temir Soriyev Ola-Buqa tumani aholisi bilan uchrashib, ularga qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi vaziyat borasida tushuntirish o‘tkazdi.

TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Qirg‘iziston Bosh vaziri Temir Soriyev Ola-Buqa tumani aholisi bilan uchrashdi. Mahalliy xalq Bosh vazirdan chegaradagi vaziyat tezroq o‘z yechimini topishini talab qilib, hukumat bu yo‘nalishda sustkashlik bilan ish olib borayotganini ta’kidladilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi holat. - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston TIV O‘zbekistondan blokpostlarni zudlik bilan olib tashlashni talab qilmoqda

"Biz Qirg‘izistonning bir santimetr yerini ham hech kimga berib qo‘ymaymiz. Bu — Qirg‘iziston respublikasi prezidenti va hukumatining qat’iy qarori", — dedi Soriyev.

Qirg‘iziston Bosh vaziri ushbu masala xalqaro kelishuvlar asosida hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq tarzda hal etilishini ta’kidladi. Va  “ikki davlat o‘rtasida chegaraning aniq belgilanishi masalasi ertami-kechmi ikkiyoqlama kelishuv asosida o‘z yechimini topadi”, deya va’da berdi.

Yangiliklar lentasi
0