O‘zbekiston aholisi 31,5 milliondan oshdi

Obuna bo‘lish
2015 yilda O‘zbekistonning doimiy aholisi 554 ming kishiga ko‘paydi.

TOShKENT, 23 mar – Sputnik. 2016 yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston doimiy aholisining soni 31 million 576,4 ming kishini tashkil qildi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi. O‘tgan yil davomida mazkur ko‘rsatkich 553,9 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘payganligi ta’kidlanmoqda.

O‘zbekiston "Baxt indeksi" bo‘yicha Italiya va Yaponiyadan oldinda

Shahar joylari aholisi yil boshida 15,964 millionga yetgan bo‘lsa (aholi umumiy sonining 50,6 foizi) qishloq joylarida — 15,612 millionni tashkil etdi (49,4 foiz).

Tug‘ililishlar soni o‘tgan yilda 735,8 mingtani tashkil qildi va 2014-yilning shu davriga(718,0 ming kishi) nisbatan 17,8 mingtaga ko‘paydi. Tug‘ilish koeffitsiyenti mos ravishda 23,5 promilleni tashkil qildi va 2014-yilning shu davriga (23,3 promille) nisbatan 0,3 promillega ko‘paydi.

2015 yilda o‘lganlar soni 152,9 mingtani tashkil qildi va 2014-yilning shu davriga(149,8 ming kishi) nisbatan 3,1 mingtaga ko‘paydi. Mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,9 promilleni tashkil qildi (2014 yilda — 4,9 promille).
O‘lganlar umumiy sonidan 58,9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,6 foizi — o‘sma kasalliklaridan, 5,9 foizi — ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 5,4 foizi — nafas olish organlari kasalliklaridan, 6,6 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.
2015 yilda bir yoshga to‘lmagan 8,3 mingta bolalar o‘limi kuzatildi. Bolalar o‘limi koeffitsiyenti 11,4 promilleni tashkil qildi (2014 yilning yanvar-dekabrida-10,8 promille).

Ko‘cha supuruvchilar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5,2% ortdi

Bir yoshgacha o‘lgan bolalarning umumiy sonidan 59,0 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 23,2 foizi — nafas olish organlari kasalliklaridan, 9,1 foizi — tug‘ma anomaliyalardan va 3,4 foizi infeksiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilda respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 139,6 ming kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 168,6 ming kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 29,0 ming kishiga (2014 yilda — minus 38,5 ming kishi) teng bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0