TOShKENT, 16-mart — Sputnik. Ushbu baxtli mamlakatlar reytingda bizni birinchi navbatda O‘rta Osiyo mamlakatlari qaysi o‘rinda ekanligi qiziqtirgan edi. Yaqindan tanishib chiqqach, ushbu reytingda O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida g‘olib O‘zbekiston ekanligi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston "Baxt indeksi" bshyicha yuqori 49 – o‘rinni egallagan, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Bu nafaqat yuqori o‘rin, balki obro‘li o‘rin ham. Chunki uning yonginasida, 50 — o‘rinda — Italiya va 53 – o‘rinda Yaponiya joylashgan. MDH davlatlaridan Qozog‘iston 54 o‘rinni, Rossiya – 56 o‘rinni, Turkmaniston – 65 o‘rinni va Tojikiston 100- o‘rinlarni egallashdi.
“Baxt indeksi” reytingi turli mamlakatlarda aholi orasida olib borilgan so‘rovlar va davlat ijtimoy siyosatining samaradorligi asosida hisoblanadi. Xususan, mamalkatdagi korrupsiya darajasi, iqtisodiy holat, aholining ijtimoiy ta’minoti, fuqaro erkinligi, sog‘liqni saqlash sohasi ahvoli, aholi boshiga YaIM miqdori va o‘rtacha umr uzoqligi kabi ko‘rsatkichlar asosaida aniqlanadi.
Ushbu reyting NATO rahbari va YeI rahbariyati tomonidan o‘rganilishi kerak. U yerga intilayotgan Ukraina reytingda 123 o‘rinni egalladi. Ro‘yxatning eng oxirida esa Afg‘oniston, Suriya va Togo mamlakatlari.
Ro‘yxatning birinchi qatorini egallagan mamlakat yaqinda o‘zgardi. Endi dunyoning eng baxtli mamalkati Daniya bo‘ldi. Shokolad, soatsozlik va banklar mamalkat bo‘lgan Shveysariya ikkinchi o‘ringa tushdi. Uchinchi o‘rinda esa – Islandiya.
“Agar hukumat faqat o‘z boyligini ko‘zlasa, aholini unutib qo‘ysa, muammolar boshlanadi, — deydi professor Jeffri Saks, — Dunyoda ijtimoiy tengsizlik kuchaymoqda, boylar va kambag‘allar orasida tengsizlik kuchaymoqda, shuning uchun ham AQSh 13 o‘rinda”.
Ushbu reyting SDSN (Sustainable Development Solutions Network) izlanishlar markazi va Kolumbiya universtiteti tomonidan tayorlanib bugun e’lon qilindi. Unga 2013 – 2015-yillar ko‘rsatkichlari kiritilgan.