O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5,2% ortdi

© Sputnik / Mayya Mashatina / Mediabankka o‘tishKo‘cha supuruvchilar
Ko‘cha supuruvchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2015-yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra 5,2 foizni tashkil etdi.

TOShKENT, 23 mar – Sputnik. 2015-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston mehnat organlarida ro‘yxatda turgan ishsizlar soni 709,4 ming kishini tashkil etdi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi xabarida.

O‘rta Osiyodan Moskvaga kelayotgan migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat migrantlari uchun 200 ming ish o‘rinlari yaratildi

2015 yilda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi soni 13 million 058,3 ming kishini tashkil qildi va 2014-yilning shu davriga nisbatan 1,9 foizga oshdi. Bandlar sonining sezilarli o‘sish darajasi transport va aloqa sohasida (+3,8 foizga), uy-joy kommunal xo‘jaligi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishning noishlab chiqarish turida (+3,6 foizga), savdo, umumiy ovqatlanish, ta’minot va tayyorlov sohasida (+3,5 foizga) va qurilishda (+3,3 foizga) kuzatildi.

2015 yilda iqtisodiy faol aholining bandlik darajasi (iqtisodiyotda band aholining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati) 94,8 foizni tashkil etdi.

Nodavlat sektorida band bo‘lganlarning jami bandlar sonidagi ulushi 82,2 foizga yetdi, bu ko‘rsatkich 2014-yilning shu davrida 81,9 foizni tashkil qilgan.

2015 yil dekabr oyi oxirida mehnat idoralarida ish qidiruvchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan aholi soni 2700 kishini tashkil qildi va bu ko‘rsatkich 2014-yilning shu davriga (3400 kishi) nisbatan 20,5 foizga kamaydi. Ishsizlar soni (ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasiga asosan aniqlangan) 709,4 ming kishini tashkil qildi va iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan ishsizlik darajasi 5,2 foizga teng bo‘ldi.

 

Aytilishicha, 2015-yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda aholining iqtisodiy faol qismi 13,058 million nafarni tashkil etdi(2014 yilga nisbatan 1,9 % o‘sdi). Ishsizlar soni esa 709,4 ming kishidan iborat.

Shunday qilib, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2015-yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra 5,2% tashkil etdi.
2015 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 748,7 ming ishchi o‘rni barpo etildi.

2016 yilda O‘zbekistonda 993 ming kishini ish joyi bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Undan 148 ming ish joyi MDH davlatlaridan qiyin iqtisodiy sharoit tufayli qaytib kelayotgan mehnat migratlari uchun mo‘ljallangan. Ekspertlar fikriga ko‘ra hozirgi kunda O‘zbekistonning 31 million aholisidan 3-4 millioni vatianidan tashqarida mehnat qilmoqda.  Rossiya Federal Migratsiya xizmati xabariga ko‘ra, Rossiyada 2 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolari bor.

Yangiliklar lentasi
0