Qurdlar Suriya tarkibida o‘z federatsiyasi tashkil etilganini e’lon qildi

© AP Photo/Emrah GureQurdlar yashaydigan qishloq
Qurdlar yashaydigan qishloq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriya shimolida tashkil etilgan demokratik tizim tarkibiga qurdlarga qarashli uchta kichik ma’muriy-territorial bo‘linmalar va ba’zi qo‘shni tumanlar kiritildi, uning chegarasi hali aniqmas. Damashq hukumati yangi tashkil topgan federativ regionni noqonuniy, deb atamoqda.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Suriya qurdlari Suriya shimolida federativ bo‘linma tashkil etganliklari haqida e’lon qildi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on qurdlarni qirib tashlamayotgani uchun G‘arb va Rossiyadan norozi

“Suriya Qurdistoni regioni uchun Suriya shimolida federal tizim barpo etildi”, — deb ta’kidladi Suriya qurdlari demokratik Ittifoqi partiyasi vakili Sixanouk Dibo Suriya shimoli-sharqi — Rumeyla shahrida o‘tgan uchrashuv yakunidan so‘ng.
Anjuman ishtirokchilari “Suriya Qurdistoni va Shimoliy Suriya demokratik tizimi” tashkil etilganini e’lon qildilar. Qurdlar demokratik partiyasining Moskvadagi vakili region chegarasi hali aniqlanmaganini, federatsiya tarkibiga qurdlarga qarashli uchta kichik ma’muriy-territorial bo‘linmalar va ba’zi qo‘shni tumanlar kiritilganini xabar qildi.
Qurdlar Suriya shimolida mamlakat tarkibida qoluvchi “federatsiya” tashkil etmoqchi ekanligi haqida bir kun oldin xabar qilingan edi. “Federatsiya” tarqoq holatga kelgan milliy obshinalar hamda ularning ko‘ngilli qo‘shinlarini “Islom davlati”, “Jabhat an-Nusra” va boshqa terrorchilik uyushmalariga qarshi kurashda birlashtirishi taxmin qilinmoqda.

Rasmiy Damashq federativ region tashkil etilishini noqonuniy, deb atadi. Hukumat “qanday nom ostida bo‘lmasin, Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligiga xavf solish mumkin emasligi haqida ogohlantiradi”, deb bayonot qildi Suriya TIV. Qurdlar “federatsiyasi”ni Suriya oppozitsiyachilarining milliy koalitsiyasi ham ma’qullamadi. "Allaqanday tuzilmalar yoki alohida regionlarni shakllantirishga urinish Suriya xalqini erkdan mahrum qiladi”, — deyiladi Milliy koalitsiya bayonotida.

Shuningdek, Suriya tarkibida yangi tuzilmalar paydo bo‘lishiga Turkiya ham qarshi chiqdi. Etnik mansublikka asoslangan bir tomonlama harakatlarni Anqara nomaqbul, deb hisoblaydi, deb ta’kidladi Turkiyalik amaldorlardan biri Reyter agentligiga bergan intervyusida.
 Suriyaning Rumeyla shahrida (Xaseke provinsiyasi) Suriya shimolidan tashrif buyurgan 200 delegat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi – ular Suriya Qurdistoni, shuningdek, arab, assuriya, chechen, cherkess, turkman va arman obshinalari vakillaridir. Yig‘in “Federal Suriya –mushtarak hayot va xalqlar qardoshligi garovidir” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
“Qurdlar demokratik Ittifoqi partiyasiga raislik qiluvchilardan biri Solih Muslim, Suriya qurdlari delegatsiyasi federallashtirish masalalarini muhokama qilish uchun Jenevaga borishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Ammo hozircha bunday taklif tushgani yo‘q. Solihning so‘zlariga qaraganda, federallashtirishdan so‘ng, qurdlar Suriya chegarasida qoladi.

Anqaradagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Qurdlar vakili Erdo‘g‘onning ta’kididan hayratini yashirmadi

Bundan sal oldin Suriya Qurdistoni Qurdlar Oliy kengashi tomonidan boshqariladigan avtonomiyani e’lon qilgan edi. Suriya Markaziy hukumati tomonidan ushbu avtonomiya tan olinmadi. Ammo shu vaqtning o‘zida, Suriyadagi urush tufayli, mamlakatning asosan qurdlar yashovchi shimoliy qismi boshqa hududlardan ajralib qoldi. Bashar Asad hukumati ayni vaqtda Suriya Qurdistoniga hech qanday ta’sir ko‘rsatishga qodir emas. Suriya Qurdistoni 4,6 millionga yaqin aholi soniga ega, ulardan 2,5 millioni qurdlardir.

Yangiliklar lentasi
0