Erdo‘g‘on qurdlarni qirib tashlamayotgani uchun G‘arb va Rossiyadan norozi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning fikricha, G‘arb terrorchilarga boshpana bermoqda va ularga qarshi jiddiy kurash olib bormayapti.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on G‘arb mamlakatlari va Rossiyani qattiq tanqid ostiga oldi. Turkiya prezidentining fikricha, Anqara tomonidan terrorchilik uyushmasi deb tan olingan Qurdiston Ishchi partiyasi va Suriya qurdlari demokratik Ittifoqi partiyasi a’zolari g‘arb mamlakatlari va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

OAV: Erdo‘g‘on o‘zining siyosati bilan sayohlarni cho‘chitib yubordi

"Qurdiston Ishchi partiyasi va Suriya qurdlari demokratik Ittifoqi partiyasi singari terrorchilik uyushmalarini qo‘llab-quvvatlayotganlar qurdistonlik inilarimiz emas. Ularga ko‘mak berib kelayotgan kuchlar mutlaqo boshqa. Terrorchilik uyushmalari qo‘lidagi qurolga ko‘zimiz tushishi bilan – ular ortida G‘arb va Rossiya turganini ko‘ramiz. Terrorchilik uyushmalari vakillari xuddi o‘sha davlatlardan ko‘mak olib kelmoqda, xuddi o‘sha mamlakatlarda ularning ofislari ochilmoqda. G‘arb terrorchilarga boshpana berib kelyapti, ularga qarshi jiddiy kurash olib borayotgani yo‘q”, — dedi Erdo‘g‘on chorshanba kuni qishloq oqsoqollari oldida chiqish qilar ekan.

Turkiya prezidentining so‘zlariga qaraganda, u yoki bu uyushmani terrorchilar deb e’lon qilish bilan ish bitmaydi.

"Siz terrorchilarga qarshi qay tarzda kurash olib bormoqdasiz? Ularga qarashli obyektlarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalarni qay tarzda amalga oshirapsiz? Qo‘lga olingan terrorchilarni deportatsiya qilayapsizmi yoki ularni ushlab Turkiyaga berayapsizmi? Terrorchilar moliyaviy manbalarni qayerdan olyaptilar? Biz bu haqda yaxshi xabardormiz va, hamkorlarimizga bu borada isbotlarni taqdim etdik. Ammo hanuzga qadar javob kelgani yo‘q", — deb ta’kidladi Turkiya prezidenti.

U ayni vaqtda vujudga kelgan vaziyatni Turkiyada 1919-1923 yillarda mustaqillik uchun olib borilgan urushga qiyosladi.

Bundan sal oldin Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva qurdlar haq-huquqi Turkiya tomonidan ayovsiz poymol etilayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishi tarafdori ekanligini ta’kidlagan edi. Lavrovning so‘zlariga qaraganda, surishtiruv ishlari olib borilmasidan turib, Turkiya rahbariyati qurdlarni Anqarada sodir etilgan teraktda ayblagan va shu bahonada, Suriyadagi qurdlar istiqomat qiluvchi tumanlarni o‘qqa tutgan.

Yangiliklar lentasi
0