Qurdlar vakili Erdo‘g‘onning ta’kididan hayratini yashirmadi

© REUTERS / / Tumay BerkinAnqaradagi terakt
Anqaradagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurdiston Ishchi partiyasi Anqarada sodir etilgan portlashga aloqador emas, deb ta’kidladi Salohiddin Soro. Soro fikriga ko‘ra, terakt Turkiya bilan aloqada bo‘lib kelgan terrorchilik uyushmalari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Qurdiston Ishchi partiyasi Anqaradagi portlashga aloqador emas, chunki, bu uning “pocherki”mas. Ammo ushbu portlash Turkiya qo‘shni davlatlarga bostirib kirishi uchun juda qo‘l keladi, deb hisoblaydi Moskvadagi Qurdiston milliy kongressi vakili Salohiddin Soro.

Anqaradagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Anqarada terakt sodir etgan xudkush-terrorchi oilasi hibsga olindi

Anqaradagi terakt — avtobus bekatlarining birida, mamlakat Bosh vaziriga qarashli ofis yaqinida, odamlar eng gavjum vaqtda sodir etilgan. Minalashtirilgan avtomobil odamlarga liq to‘la ikki avtobus o‘rtasida portlatilgan.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi hozirga qadar 37 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 125 kishi jarohat olgani, 71 kishi kasalxonalarda yotgani haqida xabar qildi.

Soro fikriga ko‘ra, portlash kichik terrorchilik uyushmalaridan biri tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. "Turkiya Kavkaz va Yaqin Sharqdagi ishlarga muntazam aralashib keladi. Turkiya hukumati burcha terrorchilik uyushmalari, shu jumladan “Islom davlati” uyushmasi bilan ham aloqada. Bu uyushmalar Turkiyaga kirib borgan, shu bois, ular faqatgina turklar bergan topshiriqni bajaradilar, deb o‘ylash nodonlikka kirmaydimi? Terrorchilarni boshqarish juda qiyin", — deb hisoblaydi Soro.

Soro shuningdek, “Qurdlar ishchilar partiyasiga aloqador bo‘lmagan, qurdlardan tashkil topgan kichik terrorchilik guruhlari mavjudligini tan oldi”. “E’tiborimni torgan narsa shu bo‘ldiki, terakt sodir etilganidan keyin ko‘p o‘tmay, Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on – Turkiya o‘zini himoyalashga haqli” ekani va “chet elda harbiy operatsiyalar o‘tkazilishi mumkinligi” haqida bong urdi”, — deb ta’kidladi Moskvadagi Qurdlar milliy kongressi vakili.

"Ya’ni, hali teraktni kim amalga oshirgani tafsilotlari aniq bo‘lmay turib, Erdo‘g‘on bu kabi ta’kidlar bilan chiqmoqda. Bu tasodifan emas: Turkiyaning qo‘shni mamlakatlarga nisbatan allaqanday rejasi bor ko‘rinadi”, — deb ta’kidladi Salohiddin Soro.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Rossiyani qattiq tanqid ostiga oldi

Hozirda turk harbiy qo‘shinlari Iroqqa kirib borgan. Iroq hukumati bunga qarshiligini necha bor ta’kidlagan bo‘lsa-da, Turkiya bu e’tirozlarga e’tibor ham qilgani yo‘q. Bundan tashqari, Suriya hukumati va Suriya qurdlari Turkiyadan tomonidan bo‘layotgan muntazam o‘qqa tutilishlar haqida arz qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0