TOShKENT, 14 mar — Sputnik, Alena Palajchenko. Anqarada portlash sodir etgan terrorchi qizning oila-a’zolari Turkiya hukumati tomonidan hisbga olindi, xabar qiladi RIA Novosti NTV telekanali ma’lumotlari asosida.
Bundan sal oldin Turkiya hukumati portlash ayol jinsiga mansub shohid-terrorchi tomonidan sodir etilgani haqida ma’lumot bergan edi. Sal keyin, terrorchi qizning ismi ma’lum bo‘ldi. Sexer Chag‘la Damir Turkiyada ta’qiqlangan Qurdiston Ishchi partiyasi vakili ekanligi ommaga e’lon qilindi.
Turkiya OAVlarida berilayotgan ma’lumotlarga qaraganda, terror uyushtirganlikda taxmin qilinayotgan Sexer Chag‘la Damir shaxsi olingan barmoq izlarga asosan o‘rnatilgan.
Sexer Chag‘la ushbu hodisaga qadar Qurdiston Ishchi partiyasi a’zosi bo‘lgani va terrorchilik targ‘iboti bilan shug‘ullangani tufayli bir necha bor sudga tortilgani, ammo sud qizga qaror chiqarishga ulgurmagani ta’kidlanmoqda.