Erdo‘g‘on Rossiyani qattiq tanqid ostiga oldi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya aviatsiyasi samolyotlari Damashqning rasmiy taklifidan so‘ng Suriyadagi “ID” pozitsiyalari bo‘ylab zarba berishni boshlagan edi. Turkiya prezidenti Moskvaning SARga yordam berish qaroridan qattiq norozi ekanini ma’lum qilmoqda.

TOShKENT, 9 mar – Sputnik, Alena Palajchenko. Turkiya rahbari Toyib Erdo‘g‘on Suriya prezidenti Bashar Asadga terrorchilarga qarshi kurashda yordam berayotgani uchun Rossiya davlatini qattiq tanqid ostiga oldi. Erdo‘g‘on o‘zining ushbu ta’kidini Turkiyada bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumani davomida aytdi. Yig‘ilish Ukraina prezidenti Petr Poroshenko bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Rossiya va AQSh bitimi tufayli “Asadning pichog‘i yog‘ ustida” bo‘ladi

"Ular Suriyaga kirib kelishdi. Rossiyaning harbiy-dengiz bazasi Suriyada oldindan bor edi – Tarsusda. Kirib kelishlari bilanov ular o‘z aviabazasini barpo qildilar. Rossiya bu bazaga o‘zining 50ga yaqin samolyotlarini olib kelib qo‘ydi. Shulardan to‘rttasi eng so‘nggi texnologiyalar asosida yaratilgan. Rossiya ha deb, bizni taklif qilishgani uchun keldik, deb takrorlashdan charchamayapti. Ammo hech kim chaqirilgan joyga borishga majbur emasku? O‘zining 400 ming fuqarosini o‘ldirgan odam taklifiga javob berishning nima keragi bor edi?”, – dedi Erdo‘g‘on.
 Rossiya Suriyadagi Harbiy-kosmik operatsiyalarni SAR hukumat piyoda qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirib kelmoqda. Rossiya harbiy operatsiyalari o‘tgan yilning 30-sentabrida boshlangan edi. Shu vaqt oralig‘ida Rossiya samolyotlari tomonidan terrorchilarning minglab obyektlari, shu jumladan, qurol-yarog‘ omborxonalari va harbiy poligonlar yo‘q qilindi.

Yangiliklar lentasi
0