Financial Times: Erdo‘g‘on shaxsiy adovat tufayli Rossiyaga qarshi bordi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FT nashrida yozilishicha, Suriya prezidentini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lgani uchun Vladimir Putindan qattiq ranjigan Toyib Erdo‘g‘on “Su-24 mojarosi”ni atay uyushtirgan bo‘lishi mumkin. Turkiya prezidenti Bashar Asadni birgalikda o‘tkazilgan oilaviy tadbirdan so‘ng yomon ko‘rib qolgani ta’kidlanmoqda.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on shaxsiy adovat tufayli Rossiya bilan munosabatlarni ziddiylashtirdi, deb yozadi Anqaradagi Bilkent universiteti xalqaro munosabatlar kafedrasi rahbari, britaniyalik tarixchi Norman Stoun. RIA Novosti, Financial Times nashri xabari asosida.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bilan - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘onning rafiqasi haramlarga “hayot maktabi” deya ta’rif berdi
Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlar xavas qilsa arzigulik vaqtlarda sodir bo‘lgan bir voqea Anqaradagi yuqori tabaqa vakillari orasida haligacha esga olinadi, deb yozadi Stoun.

Kunlarning birida er-xotin Erdo‘g‘onlar Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma Asadni dam olish kunini birgalikda o‘tkazish uchun mehmonga taklif qilishadi.

"Aytishlaricha, ana shu mehmondorchilikdan so‘ng Asma Asad turmush o‘rtog‘iga elektron pochta orqali maktub yo‘llab, undan boshqa hech qachon Erdo‘g‘onlar bilan uchrashishni so‘ramaslikni o‘tinib so‘raydi", — ta’kidlaydi tarixchi.

Gap-so‘zlarga qaraganda, Asad xonim o‘shanda Erdo‘g‘onlarga did va bilim yetishmasligidan noligan. “Emine, shoping desa o‘zini tomdan tashlaydi — do‘konlarni kezishga o‘ch, ammo shunday bo‘lsa-da, did degan tushuncha yo‘q unda eri esa umri davomida atigi bitta kitob o‘qigan qaroqchi”, deb yozadi u maktubda.

Voqea nima bilan yakunlangani shu kungacha noma’lum, ammo Asma Asadning maktubi Turkiya maxsus xizmat xodimlari e’tiborini tortgani rost. Anqaradagi mish-mishlarga qaraganda, Erdo‘g‘on aynan o‘sha vaqtdan boshlab Asadlar juftligini yomon ko‘rib qolgan. Uning nafrati kundan-kun kuchayib, oxiri, Suriya prezidentini taxtdan ag‘darish kabi yovuz niyatga aylandi, qo‘shimcha qiladi Norman Stoun.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, Bashar Asad Erdo‘g‘onning zug‘umidan omon qoldi, albatta, Rossiya aralashuvi bunda muhim rol o‘ynadi, davom etadi ekspert. Ana shundan so‘ng turklar mamlakat havo chegarasini 17 soniyaga buzgan, degan ta’kid bilan Rossiyaning “Su-24” bombardimonchisini urib tushirishdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Rossiyani qattiq tanqid ostiga oldi

"Rossiya Prezidenti Vladimir Putin gina saqlaydigan inson ekanligi ma’lum bo‘ldi. U ko‘p kitob o‘qigan va bir necha tilda bemalol gaplasha oladigan, fahm-farosatli inson", — deb yozadi Stoun. Moskva qaytargan javob Turkiya eksportiga qaqshatgich zarba bo‘lib tegdi, natijada rossiyalik sayyohlarning eng sevimli joyi bo‘lgan Antalyada shu bugun 400dan ziyod otellar sotuvga qo‘yilgan.

Norman Stoun, shuningdek, Rossiya-Turkiya munosabatlari tarixiga ham murojaat qilgan: ha, podsholik davrida davlat arboblari Konstantinopolga da’vogarlik qilganliklari rost, ammo ular haroqlama o‘ylab ish qilganlar va muammoli mustamlaka mamlakatga egalik qilish o‘rniga, ancha zaiflashib qolgan Turkiyani masofadan turib, ya’ni avtonom Armaniston yoki hatto Qurdiston orqali boshqarishni ma’qul ko‘rganlar. 1833-yilda rus qo‘shinlari Istanbulni zabt etgani yo‘lga chiqqan Misr-Suriya armiyasini to‘xtatib qolgan, 1920-yilda esa, ya’ni Usmoniylar saltanati batamom barham topgach, Turkiyaga yordamga kelib, uning yerlarini Britaniya imperiyasi tomonidan boshqarilib turgan misrliklar va armanlar bosqinidan asrab qolgan.  Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar, faqatgina Ikkinchi jahon urushidan keyin ziddiylashgan, ammo shunda ham hamkorlik saqlanib qolgan – har holda, hech kim bir-birining samolyotini urib tushirmagan.

"Agar Moskva qo‘llab-quvvatlamaganida, Anqara mavjud bo‘larmidi-yo‘qmi, o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladigan masala”, — deydi tarixchi.

Stounning fikricha, Rossiya-Turkiya o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlikni puchga chiqargan Anqara hatti-harakati ortida birinchi o‘rinda Erdo‘g‘onning shaxsiy adovati turibdi. “Su-24 mojarosi “Havo chegarasining buzilishi”, tufayli kelib chiqdi, deyildi. Ammo menimcha bu unchalik haqiqatga yaqin emas. Bu yerda ko‘p omillar jam bo‘lgan: Asadga bo‘lgan adovat, Rossiyaning Suriyani qo‘llab-quvvatlashi, gina… Ana shularni barchasi Erdo‘g‘onni junbushga keltirgani aniq”, — deydi tarixchi.

Yangiliklar lentasi
0