Erdo‘g‘onning rafiqasi haramlarga “hayot maktabi” deya ta’rif berdi

© AP Photo / Murat CetinmuhurdarTurkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bilan
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyaning birinchi xonimi Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan so‘zga chiqar ekan, Usmoniylar saltanati davridagi haramlar mamlakat ayollari va sulola vakillari uchun ajoyib hayot maktabi vazifasini o‘tagan, degan fikrni bildirdi.

 

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning rafiqasi Emine Erdo‘g‘on Usmoniylar saltanati davridagi haramlar Turkiya tarixida ijobiy rol o‘ynaganini ta’kidladi. Birinchi xonim fikriga ko‘ra, haramlar mamlakat ayollari va saltanat vakillari uchun o‘ziga xos hayot maktabi vazifasini o‘tagan ekan.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on “qurdlar masalasi”ni hal qilishga chaqirgan olimlarni “nodonlar” deb atadi

"Jahonga mashhur san’at asarlari bilan tanishar ekanmiz, aksariyat holatlarda, hokimiyat va muhabbat ishqida yongan ayollar suratlariga ko‘zimiz tushadi. Shu bilan bir qatorda, haramlar ayollar uchun o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tagan, bunda ular hayotdan saboq olishgan: ta’lim olganlar, sahovat ishlari bilan shug‘ullanganlar. Bu ishlarning barchasi sultonlarning volidalari tomonidan boshqarilgan", — dedi Turkiyaning birinchi xonimi “Bizning tariximizda o‘chmas iz qoldirgan sultonlarning volidalari” anjumanidagi ishtiroki davomida.

Emine Erdo‘g‘onning ushbu ta’kidi Turkiyadagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Norozilik bildirganlarning aksariyatini, hatto kitoblar mavjud bo‘lmagan haramlarda, qanday qilib ajoyib ta’limot berilishi mumkin degan savol hayratga solgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0