TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Amerikalik harbiylar Rossiyaning manyovr qilish va yorib kirishga yo‘l qo‘ymaydigan(A2/AD) tizimini yo‘q qilishga qodir yangi qurolni zudlik bilan yaratish lozimligi haqida bong urishmoqdadeb yozadi The National Interest nashri, RIA Novosti xabari asosida.
Rossiyaning A2/AD hududlaridagi mudofaa yorib kirilgan taqdirda, amerika Qurolli kuchlari NATO alyansining sharqiy qismi mudofaasini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladilar, deb ta’kidlanadi nashrda.
Amerikalik generallar, Yevropada urush boshlanadigan taqdirda, o‘z mudofaasini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqdalar.
"Alyans mudofaasini zudlik bilan kuchaytirish imkoniga ega bo‘lish, oson ish emas. <…> Yodingizda bo‘lsin, Rossiya kirish ta’qiqlangan va manyovr qilish cheklangan hududlarda mudofaasini kuchaytirdi (qirg‘oqqa yaqin zonalar suvosti kemalari bilan ta’minlanishi, qanotli va ballistik raketalar, Havo xujumiga qarshi mudofaa tizimi o‘rnatilishi nazarda tutilmoqda, tahr.). Biz ham o‘z kuch va mablag‘imizni shu kabi mudofaa tizimlariga sarflamog‘imiz lozim. Bu bizga ta’qiqlangan hududlarga bostirib kirish imkonini beradi va bizni yanada kuchliroq qiladi", — deb iqtibos keltiradi nashr general Filip Bridlav nutqidan.
Nashrda ta’kidlanishicha, Bridlav tomonidan tilga olingan kuch va mablag‘lar ikkita ko‘rinmas-qiruvchir — F-22 "Reptor" va F-35ga sarflanishi ko‘zda tutilgan. Maqola muallifi fikricha, bu ikki samolyot Rossiyaning PRO — S-300 va S-400 tizimlaridan o‘zib ketishiga shubha yo‘q. F-35 ni doimiy tarzda Angliyada joylashtirish jarayoni 2021-yilda boshlanishi aytib o‘tilmoqda.
Filip Bridlav, shuningdek, Moskva va Vashington o‘rtasidagi suv ostikemalari borasidagi raqobatga ham e’tibor qaratdi: "Ruslar suvosti kemalari qanchalik naf berishini yaxshi tushunadilar, shu bois bu sohaga ko‘p mablag‘ sarflaydilar, bu bilan ular bizning imkoniyatimizga chaqiriq tashlamoqda".