Admiral Richardson: Amerika Rossiya va Xitoyga yetakchilikni berib qo‘ymaydi

Obuna bo‘lish
Moskva va Pekin AQSh flotining “nozik joylarini paypaslab topish” maqsadida o‘z imkoniyatlarini birlashtirdilar, xabar qiladi admiral Richardson.

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Amerika HDK Bosh Qo‘mondoni admiral Jon Richardson Amerika flotining dengizdagi yetakchilik strategiyasini belgilovchi harakatlar rejasini e’lon qildi, xabar qiladi RIA Novosti.

“Harbiy-dengizda ustuvorlikni kuchaytirish” deb nomlanuvchi hujjatda AQSh Harbiy Dengiz kuchlari 25-yil deganda birinchi bor yirik davlatlar tomonidan raqobatga duch kelgani ta’kidlangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o‘ngda) va XXR rahbari Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi yangi tartib-qoidalarni Rossiya va Xitoy belgilaydi, AQSh emas.

"Rossiya va Xitoy so‘nggi o‘n yilliklar davomida o‘z harbiy imkoniyatlarini yanada taraqqiy etdilar. Endilikda bu ularga dunyoda yetakchilik qilishga intilishlariga asos bo‘la oladi. Ular ega yuqori darajadagi jangovar vositalar bizning “nozik tomonlarimizni paypaslash” uchun yaratilgani sir bo‘lmay qoldi”, — deb yozgan admiral Richardson.

“AQSh Harbiy Dengiz kuchlari dunyodagi “eng yaxshi harbiy-dengiz floti” maqomini saqlab qolish uchun har daqiqada bu uchun kurashishi lozimligi bugun ravshan bo‘ldi. Chunki raqiblarimiz mudragani yo‘q.  Rossiya va Xitoy dunyoda yetakchilikni bizdan tortib olishga shay. Biz o‘z harakatlarimizni jadallashtirib, ularga bu borada xalal bermog‘imiz shart”, — deb o‘z bayonotiga yakun yasagan admiral Richardson.

 

Yangiliklar lentasi
0