Suriyada terakt sodir etildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSuriya. Xoms shahri.
Suriya. Xoms shahri. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada 27-fevral sanasidan boshlab jangovor harakatlar to‘xtatilishi tartibi kuchga kirdi. Terrorchilar esa Suriyada portlashlar sodir etishda davom etmoqda. Jumladan Salamiya shahrida amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z bo‘yniga oldi.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Minalashtirilgan avtomobil Suriyaning Xama shahri yaqinida portlagan. Ikki kishi qurbon bo‘lgan va bir necha kishi jarohat olgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti SANA Suriya milliy agentligiga tayangan holda.

Suriyadagi ko‘ngilli askarlar tayyorlov markazi. - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada tinchlik o‘rnatilishiga 97ta uyushma o‘z roziligini bildirdi

Portlash Salamiya shahriga sharqiy tomondan kirib boraverishda yuz bergan. Terakt uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z bo‘yniga oldi..

BMT Xavfsizlik kengashi Suriyada jangovor harakatlar to‘xtatilishi bitimi kuchga kirishidan bir soat oldin 27-fevral qoq yarim tundan boshlab mamlakatda tinchlik tartibi o‘rnatilganligini qayd etgan 2268 raqamli rezolyutsiyani qabul qildi.

“Tinchlik sulhi” Suriyada mavjud bo‘lgan “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” terrorchilik uyushmalariga joriy etilmasligi ta’kidlab o‘tildi. Ularga qarshi harbiy harakatlar davom etadi.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Rossiya va AQSh bitimi tufayli “Asadning pichog‘i yog‘ ustida” bo‘ladi

Suriya hukumati o‘t ochishni to‘xtatish borasida Rossiya va AQSh o‘rtasida kelishilgan bitimga o‘z roziligini bildirdi. Ayrim muholifat kuchlar bu bitimga ishonchsizlik bilan qaragan bo‘lsa-da, ammo jangovor harakatlarni to‘xtatish g‘oyasi Suriya hukumatiga qarshi kuchlar tomonidan ham ma’qullandi: Rossiya davlati Mudofaa vazirligi general-mayori Igor Konashenkoning so‘zlariga qaraganda, ushbu bitim e’lon qilingan kunning o‘zidayoq tinchlik o‘rnatilishiga rozi bo‘lgan tomonlardan o‘nlab murojaatlar kelib tushgan.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanov esa “Tinchlik bitimi”ga qo‘shilmaydiganlar Rossiya va AQSh tomonidan bombardirovka qilinishi mumkinligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0