TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Suriya oppozitsiyasining Muzokaralar Oliy qo‘mitasi(MOQ) 100ga yaqin uyushmalar, shu jumladan “Suriya ozod armiyasi”ga aloqador guruhlar ham ikki hafta davom etadigan tinchlik kelishuviga rozilik bildirishganini ma’lum qilmoqda.
Dushanba kuni AQSh va Rossiya Suriyada tinchlik o‘rnatish haqidagi hamkorlikdagi bitimni e’lon qilgan edi.
Hafta boshida Rossiya rahbari Vladimir Putin hamda AQSh prezidenti Barak Obama Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishib olgan edilar. Ushbu “tinchlik sulhi”ga muvofiq, 27-fevral, Damashq vaqti bilan yarim tundan boshlab Suriyada jangovor harakatlar to‘xtatiladi.
Faqat “Islom davlati”, “Jabhat an-Nusra” va yana bir qancha terrorchilik uyushmalariga nisbatan jangovor harakatlar to‘xtatilmasligi ma’lum qilingan edi.