TOShKENT, 24 fev — Sputnik, Alena Palajchenko. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Suriyada tinchlik o‘rnatish borasida Rossiya va AQSh o‘rtasida imzolangan kelishuvni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, ammo ushbu bitim, birinchi galda Bashar Asad manfaatiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi, RIA Novosti xabari asosida.
Erdo‘g‘on ushbu kelishuv oqibati nihoyatda ayanchli bo‘lishi mumkinligidan havotirdaligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta yakunida Rossiya rahbari Vladimir Putin hamda AQSh prezidenti Barak Obama Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishib olishgan edi. Rossiya va Amerika o‘rtasida yopiq turda o‘tkazilgan bir necha raund muzokaralar natijasida, 2016-yil 27-fevral, Damashq vaqti bilan yarim tundan boshlab Suriyada jangovor harakatlarni to‘xtatish bitimi imzolandi.
"Suriyada tinchlik o‘rnatilishini, umuman olganda, yaxshi, axir bu suriyalik birodarlarimizga bir oz nafas rostlash imkonini beradi. Ammo, shu tufayli, o‘zining yarim million fuqarolari o‘limiga sababchi bo‘lgan Asad rejimi ham o‘ziga xos tarzda qo‘llab-quvvatlanadi. Bu bitim nihoyatda fojiali oqibatlarga olib kelmasaydi, degan havotirdamiz”, — dedi Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidentining ta’biri bilan aytganda, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv “Suriyaning haqiqiy egalari chetga uloqtirib, Asad va uning sheriklari noniga sariyog‘ surkab beradi”.
"Ilgarilari yangi hududlar istilo qilinganda, shunga o‘xshash harakatlar amalga oshirilgan. Turkiyaning sezgirligini hech kim hisobga olmagan ko‘rinadi. Biz ushbu tinchlik bitimizni, nihoyatda katta qiziqish bilan kuzatib boramiz”, — qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga qaraganda, tinchlik bitimi Anqara tomonidan terrorchilik uyushmasi, deb qaraladigan Suriya qurdlari “Demokratik ittifoqi partiyasi”ga joriy etilmasligi lozim.