TOShKENT, 24 fev — Sputnik. NATOga a’zo mamlakatlar Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning kundan kun ortib borayotgan jinoyatlari ro‘yxatiga jiddiy e’tibor qaratishlari lozim. Alyans a’zolari bu kabi ittifoqdoshga ehtiyoj bor-yo‘qligini hal qilmoqliklari lozim, deb yozadi Huffington Post, RIA Novosti xabari asosida.
Yaqin-yaqinlargacha,NATOga a’zo ba’zi mamlakatlar o‘z ichidan yov chiqib, hammani sotishini tasavvur qilmas edi. Alyans, bordiyu biror mamlakat hatti-harakati nazoratdan chiqadigan bo‘lsa, uni rasman o‘z safidan chiqarib tashlash uchun kerakli mexanizmga ega emas, hatto. Ammo shunday payt keldi.
Turkiya NATOdagi ittifoqdoshlaridan shu darajada uzoqlashib ketdiki, hatto, “Islom davlati” terrorchilarini G‘arbga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlay boshladi, deb ta’kidlaydi nashr.
Rajab Toyib Erdo‘g‘on hukumat tepasiga kelgach, Turkiya davlati keskin ravishda avtoritarizm va diniy konservatizm tomon burilish qildi, o‘z do‘stlarini yo‘qotdi va boshi berk ko‘chaga olib boruvchi mojarolarga aralashib qoldi. O‘ziga do‘st bo‘lgan qudratli Rossiya davlatini bitta o‘q bilan dushmangan aylantirgan, qolaversa, Qurdlar “mojarosi” iskanjasida qolgan Turkiya ko‘chalarida bugun to‘xtovsiz bombalar portlamoqda. Dushmanlar tobora chegaraga yaqin kelmoqda. Erdo‘g‘on esa NATOdan uni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashni talab qilmoqda, deb yozadi maqola muallifi.
Ammo alyans mamlakatlari ulardan o‘zini himoya qilishni talab qilayotgan Anqara nayranglariga uchmasliklari lozim, deb ta’kidlaydi muallif.
"Shimoliy atlantika kengashi, Turkiyani rasman NATO tarkibidan chiqarib tashlamog‘i lozim, aks holda, Erdo‘g‘onning jangovorligi va tobora avj olayotgan bosqinchilik kayfiyati, dunyo hamjamiyatini Uchinchi jahon urushi domiga tortishi shubhasiz”, — degan so‘zlar bilan xotima yasaydi nashr.