Spiegel: Erdo‘g‘on Yevropani “shantaj” qilishga o‘tdi

© AP Photo / Francois MoriTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on agar Yevropa Ittifoqi rahbarlari qochoqlar masalasida u qo‘yayotgan shartlarga ko‘nmaydigan bo‘lsa, Yevropa juda katta muammolarga duch kelishiga sha’ma qildi, deb yozadi Der Spiegel nashri Antalyada o‘tgan muzokaralar stenogrammasi asosida.

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Yevrokomissiya rahbari Jan Klod Yunkerga agar YeI Anqara bilan kelishuv shartlarini o‘zgartirmasa, u mamlakat chegarasini ochib, Yevropani qochoqlarga to‘ldirib tashlashini aytib po‘pisa qildi, xabar qiladi RIA Novosti Spiegel nashri asosida.

Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel. - Sputnik O‘zbekiston
Angela Merkelga Erdo‘g‘on nima uchun kerak?

Erdo‘g‘on Yunkerdan shartnomaga muvofiq to‘lanadigan mablag‘ miqdori qanchaligini so‘raganida, Yunker, YeI rejasiga muvofiq, Anqara ikki yil davomida uch milliard yevro olishini ma’lum qildi. Ammo Turkiya prezidentini bu mablag‘ qoniqtirmadi. U bu kelishuvdan Anqara emas, YeI manfaatdorligini ta’kidlagan holda, yiliga uch milliard yevrodan to‘lanishini talab qildi. Erdo‘g‘on, shuningdek, Turkiyaga qolsa, migrantlar muammosi osonlikcha hal etilishini aytishni unutmadi. “Mening davlatim bu muammoni osonlikcha hal qila oladi. Ya’ni, muammo yevropaliklar zimmasiga yuklatilib, qochoqlar uchun Turkiya chegaralari ochib qo‘yiladi. Avtobus-avtobus qochoqlar to‘g‘ri Misr va Bolgariya bo‘sag‘asiga olib borib tashlanadi”, — dedi Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘on, agar Yevropa u qo‘yayotgan shartlarga ko‘nmasa, juda katta muammolarga duch kelishiga sha’ma qildi. Turkiya prezidenti Brussel bu muammoni mustaqil hal qila olmasligiga shubha qilmayapti, hatto, deb yozadi nashr.

"Xo‘sh, ushbu shartnoma bekor qilinsa, YeI nima qiladi? O‘ldiradimi qochoqlarni?” — savol berdi Erdo‘g‘on Yunkerga. Turkiya prezidenti shuningdek, YeI rahbarlari ularni oldinda qay darajada murakkab holat kutayotganini tasavvur qilaolmasliklari haqida aytib o‘tdi. "Gap Turkiya qirg‘oqlarida topilgan bitta o‘lik bolakay haqida bormayapti – ularning soni o‘n-o‘n besh ming nafarga yetib borishi mumkin. Xo‘sh, bunga qarshi qanday chora ko‘rmoqchisizlar?", — dedi u.

Ayni vaqtda minglab qochoqlarni o‘z bag‘riga olgan Turkiya Yevropa Ittifoqi uchun o‘ziga xos “to‘siq” vazifasini o‘tamoqda. Shu bois, o‘rtadagi kelishuv shartlarini muhokama qilar ekan Turkiya prezidenti Yevropa Ittifoqiga o‘z talablarini ilgari surishi mumkin. Ammo bu talablar tez orada yevropaliklar hayotini zaharlashi turgan gap, deb xulosa qiladi nashr.

 

Yangiliklar lentasi
0