OAV: Turkiyada navbatdagi - ikkinchi portlash ro‘y berdi

Obuna bo‘lish
Mamlakat janubi-sharqida harbiy konvoy portlatilishi oqibatida, 7 kishi nobud bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ham Anqara markazida portlash ro‘y bergan edi. Terakt natijasida, 28 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 61 kishi tan jarohati olgan.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Turkiya janubi-sharqida yangi terakt sodir etildi. Harbiy konvoy portlatilishi oqibatida, hozirgacha olingan ma’lumotlarga qaraganda, 7 kishi halok bo‘lgan. Turkiya poytaxtida bir kun oldin ham kuchli portlash sodir etilgan edi.

Anqarada terakt sodir bo‘lgan joy - Sputnik O‘zbekiston
Anqaradagi teraktda 28 kishi qurbon bo‘ldi, 60 kishi jarohatlandi

Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li Anqarada sodir etilgan teraktda Suriya qurdlarining “Demokratik ittifoqi” partiyasiga aloqador mudofaa kuchlarini ayblamoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Turkiya.

"Men kecha prezident bilan muloqotda bo‘ldim. Kechasi mamlakat razvedka xizmatidan ma’lumotlar oldik. Teraktni amalga oshirgan shaxslar bizga ma’lum. Ular Suriya qurdlarining “Demokratik ittifoqi” partiyasiga aloqador mudofaa kuchlaridir. Teraktni bevosita amalga oshirgan terrorchining ismi esa Solih Nejar. U Suriyadan qochoq sifatida Turkiyaga kirib kelgan. Yaqin vaqtlar ichida terakt qanday amalga oshirilgani haqida barcha va batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Hozircha, surishtiruv ishlari davomida to‘qqiz kishi qo‘lga olindi", — dedi Dovuto‘g‘li.

Suriya qurdlari yetakchisi esa, o‘z navbatida, Anqarada yuz bergan fojiada partiyaning aloqasi yo‘qligini, bu portlashlar “Islom davlati” jangarilari tomonidan sodir etilganini ta’kidlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0