TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Pentagon va SRU rahbarlari Suriyada tinchlik o‘rnatish rejasi amalga oshmay qolgudek bo‘lsa, "B reja"ga o‘tishni taklif qilishmoqda, deb xabar qiladi The Wall Street Journal. Ya’ni, ushbu rejaga ko‘ra, Obama, Suriya hukumatiga qarshi kurashuvchi jangarilarni qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishga buyruq bermog‘i lozim, RIA Novosti xabari asosida.
Pentagon rahbari Eshton Karter va SRU boshlig‘i Jon Brennan ta’kidiga ko‘ra, bordiyu, Suriyada tinchlik o‘rnatish rejasi amalga oshmaydigan bo‘lsa, bunda faqat Moskva aybdor bo‘ladi. Shu bois, Oq uyda bo‘lib o‘tayotgan majlislarda “Rossiyaga jiddiy muammolar tug‘dirish” masalalari ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar qiladi WSJ AQSh prezidenti ma’muriyatidagi manbaga tayangan holda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagon va SRU rahbarlari “B reja”ga doir rasmiy tavsiyanomalarni Barak Obamaga yaqin kunlar ichida yo‘llashadi. Ushbu reja atrofida muzokaralar davom etmoqda.
Amerikalik “qarchig‘aylar” fikricha, bordiyu, Suriyada tinchlik o‘rnatish rejasi barbod bo‘lgan taqdirda, Bashar Asad armiyasiga qarshi kurashayotgan muholifat kuchlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish yoki Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish lozim.
Pentagon rahbari ta’kidiga ko‘ra, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish, Rossiya tomonidan o‘ylab topilgan “hiyla” bo‘lsa, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, ushbu tinchlik muzokaralariga yuqori baho bermoqda. Uning fikricha, ushbu bitim Rossiyaga qanchalik ishonish mumkinligini ko‘rsatib berishi mumkin.
"Qirchig‘aylar alyansi " diplomatik va mudofaa muassasalari vakillari fikri bir joydan chiqmayotganini ko‘rsatib bermoqda. Bu holat AQSh prezidentini Moskvaga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, — deb yozadi WSJ. Ushbu chaqiriqlarga quloq osadigan bo‘lsa, Barak Obama AQShni Suriyadagi mojaroga yanada chuqurroq botirib qo‘yishi mumkin, deya qayd etiladi maqolada.