TOShKENT, 23 fev — Sputnik, Mixail Alayeddin. Suriya prezidenti Bashar Asad 13-aprel sanasida mamlakatda parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida farmon e’lon qildi, deyiladi Suriya milliy agentligi(SANA) rasmiy saytidagi xabarda.
Suriyada qurollangan mojaro boshlangandan buyon, parlament saylovlari ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda.
Mamlakatda oxirgi parlament saylovlari 2012-yilning may oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda ovoz berish huquqiga ega fuqorolarning 51% ishtirok etgan.
Bashar Asad, shuningdek, xorij ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida, mamlakatda o‘tkaziladigan parlament saylovlari bilan bir qatorda, navbatdan tashqari o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan prezident saylovlari haqida ham ko‘p takrorlagan. Davlat rahbarining so‘zlariga qaraganda, aksariyat suriyaliklar uni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirganlar. Shu bois, kelajakda o‘tkaziladigan prezident saylovlarida Asad yana o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgan.