TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Rossiya rahbari Vladimir Putin hamda AQSh prezidenti Barak Obama 27-fevraldan boshlab Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishib oldilar, xabar qiladi RIA Novosti.
Rossiya rahbari ta’kidiga ko‘ra, yopiq turda o‘tkazilgan bir necha raund muzokaralar natijasida, AQSh va Rossiya rasmiylari o‘rtasida 2016-yil 27-fevral, Damashq vaqti bilan yarim tundan boshlab Suriyada jangovor harakatlarni to‘xtatish bitimi imzolangan.
"Amerika tomon bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan harakatlarimiz Suriyada avj olgan inqirozni bartaraf etishga yordam beradi, deb o‘ylayman. Va nihoyat, ko‘p yillik zo‘ravonlik va qon to‘kilishlarga barham berish uchun real imkoniyat paydo bo‘ldi”, — deb ta’kidladi Putin.