Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya DAIShdan neft sotib olganini isbotladi

© Commons.wikimedia / MagharebiaSuriya hududida noqonuniy neft mahsulotlari savdosi
Suriya hududida noqonuniy neft mahsulotlari savdosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vaziri Turkiya o‘z qo‘shnilarini qay tarzda o‘marayotganini isbotlovchi dalillarni keltirishda davom etishini ma’lum qilmoqda.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Suriya va Turkiya  chegarasini kesib o‘tgach, ID ga qarashli sisternali mashinalar portlar tomon yo‘l oladi. U yerda kemalarga yuklanib, qayta ishlash uchun uchinchi mamlakatlarga yuboriladi. Neft savdosidan tushgan pullar nafaqat Turkiya rahbariyatini boyitmoqda, balki, Suriyaga qurol-aslaha va jangarilar ko‘rinishida qaytmoqda. “Islom davlati” (DAISh) yordamida Suriya va Iroqdan o‘g‘irlanayotgan neftning asosiy iste’molchisi bu — Turkiya", -deydi Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov, muassasada bo‘lib o‘tgan brifing davomida. Antonovning so‘zlariga qaraganda, Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on va uning oila a’zolari Suriyadan noqonuniy olib chiqilayotgan neft oldi-sotdi tizimiga to‘liq jalb qilingan. Shuning uchun ham, Suriya va Iroqdagi neft o‘g‘irlash infrastrukturasi faoliyati ID (DAISh) tomonidan  “ko‘z qorachig‘idek” asrab-avaylanmoqda.

Neftdan olinadigan daromad terrorchilar daromadining asosini tashkil qiladi. Ular bu noqonuniy savdodan yiliga 2 milliard dollar daromad oladilar. Ushbu mablag‘ dunyo bo‘ylab jangarilar yollash va ularni qurollantirishga sarflanadi, — deydi Antonov.

Rossiya Mudofaa Vaziri so‘zlariga qaraganda, so‘nggi hafta ichida Turkiyadan Suriyaga ikki mingga yaqin jangari kirib borgan.

Rossiya Havo-kosmik kuchlari Suriyada o‘z operatsiyasini boshlagandan buyon, DAIShga tegishli sisternali mashinalar soni ancha kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0