Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida biometrik pasport odatiy tartibda berilmoqda

© Sputnik, Alexey TikhomirovRossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi binosi.
Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi binosi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasida eski turdagi pasportlarni yangi - biometrik pasportga almashtirish shtatli tartibda amalga oshirilmoqda. Uzundan-uzoq navbatda turish holatlari kuzatilgani yo‘q.

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Moskva shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida eski turdagi pasportlarni yangi — biometrik pasportga almashtirish shtatli tartibda amalga oshirilmoqda. Moskvaga doimiy yashashga kelganlar ko‘rsatilgan tartibda biometrik pasport olish huquqiga ega. Elchixona oldida uzundan-uzoq navbatda turish holatlari kuzatilgani yo‘q, xabar qiladi Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan faqat biometrik pasport bilan chiqib ketishi mumkin

Elchixonaga pasport almashtirishga kelganlarning so‘zlariga qaraganda, hujjatni almashtirish qisqa fursatda amalga oshirilmoqda.

Sal oldin bir qator OAVlarida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining biometrik pasportga ega bo‘lish muddatini uzaytirmaslik qaroridan keyin Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi oldida mingdan ziyod kishilardan uzundan-uzoq navbatda turish holatlari yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalaridan kimlar biometrik pasport olishga haqli?

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalaridan quyidagi fuqarolar biometrik pasport olishlari mumkin:

- Chet elga doimiy yashash uchun chiqqanlar va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonasida doimiy konsullik hisobida turganlar;

- Chet elga xizmat safari, o‘qish, davolanish, shartnoma asosida ishga chiqqan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan chet elda ishlashga litsenziya mavjud bo‘lsa) va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonasida vaqtincha konsullik hisobida turadiganlar.

O‘zbekiston pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Pasport almashtirish muddati 2018-yil iyulgacha uzaytirildi

 

O‘zbekistonda 2011-yildan buyon nobiometrik  pasportlarni yangi turdagi pasportga almashtirish yo‘lga qo‘yilgan. Eski turdagi hujjat muddati 2015-yilning dekabrida tugashi kerak edi, ammo bu muddat 2018-yilning 1-iyuliga qadar uzaytirildi. Ushbu qaror O‘zbekiston hududida istiqomat qiladigan fuqarolar uchungina joriy etiladi. 

Xorijga chiqmoqchi bo‘lganlar majburiy tartibda biometrik pasportni rasmiylashtirishlari lozim.

 

Yangiliklar lentasi
0