O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan faqat biometrik pasport bilan chiqib ketishi mumkin

© Sputnik / Vadim ShekunO‘zbekiston fuqarosi pasporti
O‘zbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar fuqaro eski pasport yordamida chiqib ketishga urinsa, unga jarima solinadi.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Ushbu yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston fuqarolari faqat biometrik pasportlar bilan Rossiyadan chiqib ketishlari mumkin, "O‘zbekiston xavo yullari" kompaniyasi xabariga asosan.

Rossiya chegara xizmati eski pasport bilan O‘zbekiston fuqarosini aeroportda, dengiz portlarida, temir yo‘l transporti va avtomobil transportida ham chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Eski turdagi pasportlar faqat O‘zbekiston ichida amal qilmoqda. Yaqinda eski pasportlar almashtirish muddati 2018-yilning iyul oyigacha uzaytirishdi.

Agar O‘zbekiston fuqarosi eski pasport bilan chegarani kesib o‘tishga urinsa unga jarima solinadi.

Milliy aviakompaniya yo‘lovchilarni Rossiyadan O‘zbekiston yo‘nalshiga chiptalar faqat biometrik pasportlar ko‘rsatilganda sotilishi haqida ogohlantirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0