TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari eski turdagi pasportlarini yangi biometrik pasportga 2018-yil 1-iyulgacha almashtirishi mumkin. Bu haqda gazeta.uz Toshkent shahar IIB Xorijga chiqish-kelish va fuqarolarni rasmiylashtirish boshqarmasi vakilining so‘zlariga binoan xabar bermoqda.
Ushbu ma’lumotni Toshkent shahrining bir necha XChKFR bo‘linmalarida tasdiqlashdi. Yaqin kunlar ichida pasportlarni yangilash muddati uzaytirilgani haqida rasmiy xabar tarqatilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston yangi biometrik ma’lumotlarga ega bo‘lgan pasport tizimini 2011-yilning yanvaridan boshlab kiritdi. Fuqarolarga, eski turdagi pasportlarni 2015-yil oxirigacha almashtiril tavsiya qilingan edi.