TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Sal vaqt oldin Turkiya prezidenti matbuot-kotibi Erdo‘g‘onning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘lanishga qilgan harakatlari natija bermayotgani haqida ta’kidlagan edi.
Rossiya Davlat Dumasi xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Aleksey Pushkovning so‘zlariga qaraganda, Anqara Kreml rahbariyatining g‘ashiga tegish maqsadida matbuot-kotibga Rossiyani qoralashga ruxsat berapti, RIA Novosti xabari asosida.
Bundan sal oldin Turkiya TIV Rossiyaga qarashli Su-34 samolyoti yana mamlakat havo hududini buzgani haqida xabar qilgan edi. Bu ayblovga javoban Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov rasman chiqish qilib, Suriyadagi Rossiya aviaguruhlari tomonidan hech qanday chegara buzilishi holati sodir etilmagani haqida bayonot berdi. Turklar ta’kidiga Konashenkov tomonidan “quruq gap” deb baho berildi.
Igor Konashenkovning aytishicha, na Suriyadagi Rossiya Havo hujumiga qarshi mudofaa tomonidan, na Suriya hukumatiga qarashli havo bo‘shlig‘ini nazorat qilish radiolokatsiya tizimi(radar) tomonidan Suriya-Turkiya chegarasida turklar ta’kidlagani kabi chegara buzilishi holatlari qayd etilmagan.
Turkiya prezidenti matbuot-kotibi esa ushbu voqeadan keyin Erdo‘g‘on Putin bilan bog‘lanishga bir necha bor uringani, ammo Rossiya prezidenti bu harakatlarni javobsiz qoldirgani haqida ommaga ma’lum qildi.
"Rossiyani muhokama qilish Erdo‘g‘onning matubot-kotibiga qolgani yo‘q. Rossiyani obro‘yi, uning dunyoda tutgan o‘rni qanchalik zalvorli ekanini uning Suriyadagi harakatlari, Qrim yarimoroli bilan birlashgani hamda BMTda tutgan yetakchi o‘rniga qarab bilib olish ham mumkin. Anqara matbuot-kotibga Rossiyani qoralab chiqish vakolatini berib, haddidan oshapti. Erdo‘g‘onning asl maqsadi Kreml rahbariyatining jig‘iga tegish ekanligi ma’lum bo‘lmoqda”, — deb yozgan Pushkov o‘zining Twitterdagi mikroblogida.
2015 yilning 24-noyabrida turklarning F-16 qiruvchisi tomonidan Rossiyaga qarashli Su-24 samolyotining Suriya osmonida urib tushirilishi Rossiya va Turkiya munosabatlari darz ketishiga sabab bo‘ldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu hodisani terrorchilar sheriklari tomonidan “orqadan berilgan zarba” deya baholadi va ko‘p o‘tmay, milliy xavfsizlikni kuchaytirish hamda Turkiyaga qarshi maxsus iqtisodiy choralar ko‘rish haqida farmonlarni imzoladi.