Diplomat nazorat parvozlari ta’qiqi haqida: "Anqaraning yashiradigan narsasi ko‘p"

Obuna bo‘lish
Turkiya o‘z chegarasidan “ID” jangarilarini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanmayaptimikin, degan havotirda Rossiya Turkiya hududida nazorat parvozlarini amalga oshirishga ruxsat so‘ragan edi. Berilgan rad javobiga qaraganda, Moskva bu borada bekorga tashvish chekmagani ayon bo‘lmoqda...

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. “Ochiq osmon” kelishuvi doirasida Rossiya Turkiya hududida nazorat parvozlarni amalga oshirmoqchi edi. Turkiya hukumati esa bunga ruxsat bermadi. Ushbu qarorni nohaq deb bilamiz, ta’kidladi RIA Novostiga Rossiya TIVdagi amaldor.

Turkiya nima uchun Rossiyaga kuzatuv parvozini amalga oshirishga ruxsat bermaganini tushuntirdi

1-5 fevral kunlari “Ochiq osmon” kelishuvi doirasida Rossiya Turkiya hududi ustida kuzatuv parvozini amalga oshirishni rejalashtirgan edi. Ammo Anqara bunga rad javobini berdi.

Rossiya uchuvchilari Turkiyaga kelib, rejalashtirilgan marshrut haqida ma’lum qilishgach, turk harbiylari Turkiya TIVdan olingan ko‘rsatmaga binoan bu parvozga ruxsat berilmasli haqida ma’lum qilishdi.

"Albatta, bu holat kishini g‘azablantirmay, qo‘ymaydi. Nega deganda, ochiq osmon bo‘yicha shartnoma umumevropa maydonida amal qilishda davom etayotgan mexanizmlardan biridir. Buning ustiga, shartnoma haqiqatan ish beradi: u yoki bu mamlakat amalga oshirgan yoki oshirmagan harakatlar haqida ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish mumkin", — izoh berdi suhbatdosh agentlikka.

"Bir yil oldin g‘arblik hamkorlarimiz bizni Ukraina bilan chegarada hech qayerda ko‘rsatib o‘tilmagan harakatlarni amalga oshirayotganimizda ayblay boshlashganda, ochiq osmon kelishuvi doirasida parvozlarni amalga oshirgan NATOga a’zo mamlakatlar samolyotlari ushbu soxta ayblovlar haqiqatdan yiroq ekanligini isbotlashgan edi”.

Ukraina va Turkiya Rossiyaga qarshi tish qayramoqda

"Biz hozir o‘sha voqeaning aksiga duch keldik. Rossiyalik inspeksiya guruhi oldiga “ochiq osmon” shartnomasi doirasida Turkiya-Suriya chegarasida nazorat parvozlarni amalga oshirish masalasi qo‘yilgan edi. Turkiya esa bunga ruxsat bermadi", — dedi manba.

"Bu yerda velosiped ixtiro qilishning keragi yo‘q. Hammasi kundek ravshan. Agar senga u yerda uchishga ruxsat berishmadimi, demak, yashiradigan narsa bor. Nafaqat bizdan, balki xalqaro jamoatchilikdan yashiradigan narsa bor. Bu esa nimani bildiradi? Anqara Suriya  bilan chegarasidan “ID” jangarilarini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanayotganini Rossiya ko‘plab marotaba ta’kidlagan. Bugun mana, ushbu gaplarning to‘g‘ri ekanligi isbotlandi”, — dedi Rossiya TIV amaldori.

 

Yangiliklar lentasi
0