Erdog‘onning matbuot-kotibi: Putin qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
29-yanvar kuni Rossiyaning Su-34 samolyoti Turkiya havo chegarasini buzgach, Erdo‘g‘on Putin bilan telefon orqali bog‘lanishga urindi. Ammo Rossiya prezidenti aloqaga chiqishdan bosh tortdi, deb ta’kidlamoqda Turkiya prezidenti matbuot-kotibi.

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Turkiya rahbari Toyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘lanish istagida bir necha bor unga qo‘ng‘iroq qildi, ammo barcha harakatlari behuda ketdi, deb ta’kidlaydi Turkiya prezidenti matbuot-kotibi Ibrohim Qalin, RIA Novosti Anadolu agentligi xabariga ko‘ra.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston
Peskov: Putin Erdo‘g‘on bilan uchrashuvni rejalashtirmagan

2015 yil 24-noyabr kuni Turkiyaning F-16 qiruvchisi Suriya osmonida Rossiyaga qarashli Su-24 bombardimonchi samolyotni urib tushirdi. Rossiya prezidenti turklarning ushbu harakatiga "terrorchilar hamtovoqlari tomonidan orqadan berilgan zarba” deya baho berdi.

Anqara Su-24 Turkiya havo chegarasini buzganligida qat’iy turgan bir paytda, Rossiya Bosh shtabi Su-24 Turkiya havo chegarasini buzmaganini, Suriya Harbiy Mudofaasi ma’lumotlari buni tasdiqlashini ta’kidladi. Shunday qilib, ikki yirik davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar batamom uzildi.

"Yigirma to‘qqizinchi yanvar kuni Rossiya navbatdagi bor Turkiya havo chegarasini buzdi. Bu hodisadan keyin Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on bir necha bor Vladimir Putin bilan telefon orqali bog‘lanishga urindi. Ammo Rossiya tomondan hech qanday javob bo‘lmadi”, — dedi Qalin.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
Putin: “Su-24” mojarosida Anqara pastkashlarcha yo‘l tutdi

Eslatib o‘tamiz, 29-yanvar kuni Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga qarashli Su-34 samolyoti mamlakat havo chegarasini buzganini ommaga ma’lum qilgan edi. Ammo Rossiya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni inkor etib, Anqara shu paytgacha ushbu holat yuzasidan hech qanday dalillarni keltira olmaganini qo‘shimcha qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0