Peskov: Putin Erdo‘g‘on bilan uchrashuvni rejalashtirmagan

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya HHK tomonidan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilganidan buyon, ikki mamlakat rahbarlari aloqaga chiqishmagan, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti va Toyyip Erdo‘g‘on orasida hech qanday aloqa bo‘lgani yo‘q, va yaqin kelajakda rejalashtirilmagan ham, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Hech qanday rejalashtirilayotgan aloqalar haqida menda ma’lumot yo‘q”, — dedi u.

30 yanvar kuni Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on, Rossiya rahbari bilan uchrashuv o‘tkazish kerakligi haqida e’lon qildi. Turkiya aytishiga qaraganda, buning sababi Rossiya harbiy samolyotlarining “navbatdagi chegara buzishi” bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirlgida ushbu ma’lumotni inkor etishdi, Turkiya ushbu ayblovga isbot keltirmadi.

Peskovning so‘zlariga qaraganda Turkiyaning ushbu taklifi Putinga yetib borgan, lekin u hech narsa demagan.

Rossiya va Turkiya munosobatlari 24-noyabrda Turkiya HHKga tegishli qiruvchi samolyot Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirganidan keyin jiddiy inqirozga uchradi. Putin Anqarining ushbu qilmishini “terrorchilar hamtovoqlari tomonidan zimdan berilgan zarba” dedi.

Shundan keyin Turkiyaga qarshi bir qator iqtisodiy choralarni qo‘llash haqida qaror qabul qilindi. Oziq-ovqat va boshqa ko‘plab mahsulot turlari importi ta’qiqlandi, qurilish sohasida ishlayotgan Turkiya korxonalari faoliyatiga cheklanishlar kiritildi.

Suriyadagi Rossiya harbiy samolyotlarini yaxshiroq qo‘riqlash maqasadida u yerga yang yangi S-400 zenit-raketa majmuasi olib kelindi. Bomardimonchi samolyotlar faqat qiruvchi samolyotlar kuzatuvida parvoz amalga oshiradigan bo‘lishda.

Yangiliklar lentasi
0