TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Shveysariyada o‘tgan Davos forumi doirasida uchrashuvda Ukraina prezidenti Petr Poroshenko va Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li Rossiya tomonidan ikkala davlatga kiritilgan maxsus iqtisodiy choralarni asossiz, deb baholashdi, RIA Novosti, Ukraina davlati rahbari saytida e’lon qilingan xabar asosida.
"Tomonlar, shuningdek, Rossiya tomonidan ikkala davlatga qarshi amalga oshirilayotgan “iqtisodiy tajovuz”ga doir masalalarni muhokama qildilar. Suhbatdoshlarning fikriga ko‘ra, kiritilgan cheklovlar nafaqat asossiz, balki, Rossiyaning butunjahon savdo tashkiloti oldidagi majburiyatlari — xalqaro huquq normalariga zidligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Poroshenko va Dovuto‘g‘li ikki tomonlama muhim tadbirlarni ham muhokama qildilar. Birinchi navbatda, Anqarada o‘tishi rejalashtirilgan Ukraina va Turkiya o‘rtasidagi beshinchi strategik kengash masalasi, shuningdek, Turkiya hukumatining Ukrainaga tashrifi ko‘rib chiqildi.
"Tomonlar Chernomorsk va Yaqin Sharq regionlaridagi holatni muhokama qilib, tashqi tomondan bo‘ladigan tahdid va chaqiriqlarga qarshi turish maqsadida, koordinatsiyani kuchaytirishga kelishib oldilar”, — deyiladi xabarda.