Turkiya nima uchun Rossiyaga kuzatuv parvozini amalga oshirishga ruxsat bermaganini tushuntirdi

Obuna bo‘lish
1-5 fevral kunlari “Ochiq osmon” kelishuvi doirasida Rossiya Turkiya hududi ustida kuzatuv parvozini amalga oshirishni rejalashtirgan edi, ammo Anqara bunga rad javobini berdi.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik, Alena Palajchenko. Turkiya o‘z hududi ustida kuzatuv parvozini amalga oshirmoqchi bo‘lgan Rossiya davlatiga rad javobini berdi. U o‘z qarorini parvoz marshruti borasida kelishuvga borishning iloji yo‘qligi bilan izohladi,  RIA Novosti Turkiya TIV bergan rasmiy javob asosida.

Su-35S qiruvchisi. - Sputnik O‘zbekiston
Stern: Su-35S qiruvchisi – Turkiyaning dahshatli tushi

1-5 fevral kunlari “Ochiq osmon” kelishuvi doirasida Rossiya Turkiya hududi ustida kuzatuv parvozini amalga oshirishni rejalashtirgan edi. Ammo Anqara bunga rad javobini berdi.

Rossiya uchuvchilari Turkiyaga kelib, rejalashtirilgan marshrut haqida ma’lum qilishgach, turk harbiylari Turkiya TIVdan olingan ko‘rsatmaga binoan bu parvozga ruxsat berilmasli haqida ma’lum qilishdi.

"Kuzatuv parvozi (Ochiq osmon kelishuviga binoan – tahr.) tomonlar parvoz marshruti borasida kelishuvga borishgach, amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasi 2016-yilning 2-5 fevral sanalarida kuzatuv parvozini o‘tkazish haqida ruxsat so‘ragan edi. Ammo parvoz marshruti borasida kelishuvga borishning iloji bo‘lmadi, shu bois, parvoz amalga oshirilmadi", — deyiladi Turkiya TIV matbuot-kotibi Tanju Bilgich tomonidan berilgan javobda.

 

Yangiliklar lentasi
0