TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Turkiya hukumati doimiy ravishda o‘z hududida yashirinib yurgan va Turkiya orqali Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlariga terrorchilarga qo‘shilish maqsadida o‘tib ketayotgan Rossiya fuqarolarini ushlab Rossiyaga qaytarishdan bosh tortmoqda. Moskva Turkiyaning terrorchilarga qilgan ushbu sherikligini unutmaydi, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Italiyaning “Limes” jurnaliga.
Turkiya hududida terrorchilik xavfi o‘sib borayotganini va Turkiya hukumati bu borada hamkorlik qilmayotganidan Rossiya bir ko‘p marta o‘z xavotirligini bildirgan edi. Xususan, biz bir necha bor yuborgan murojaatlarimizga qaramasdan, Anqara doimiy ravishda, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi terrorchi guruhlarga qo‘shilish maqsadida, Turkiya hududidan o‘tib ketayotgan Rossiya fuqarolarini tutish va vataniga qaytarishdan bosh tortgan edi. Biz Turkiyaning terrorchilarga qilgan ushbu sherikligigini unutmaymiz”, — dedi Lavrov.
Shu bilan bir vaqtda, “Rossiya, Suriyada qurbon bo‘layotgan o‘z harbiylari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgar bo‘lgan, Turkiyaning bugungi rahbariyati va Turkiya xalqi orasidagi Rossiyaning azaliy va ishonchli do‘stlari orasida tenglik belgisi qo‘ygani yo‘q” dedi Lavrov.
“Rossiya uchun terrorchilikka qarshi kurash va Suriyada tinchlik o‘rnatish masalasi prinsipial xarakterga ega. Shuning uchun Turkiya HHKning Rossiya samolyotiga hujumi bizning bu yondashishimizga to‘sqinlik qila olmaydi. Agar Turkiyaning ushbu fitnasi shundaymaqsadni ko‘zlagan bo‘lsa, uni rejalashtirganlar juda katta xatoga yo‘l qo‘yishdi”, — dedi Lavrov.
Su-24ga uyushtirilgan hujumdan keyin, Suriyadagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatayotgan barcha tomonlar uchun haqiqat ochildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Su-24 samolyoti 2015-yilning noyabrida Suriya osmonida Turkiyaning F-16 samolyoti tomonidan urib tushirilgan edi. Anqaraning ta’kidlashicha, Su-24 Turkiya havo hududiga kirgan, Rossiya bosh shtabi aytishiga ko‘ra smolot chegarani buzmagan, buni Suriya Havo himoyasi kuchlari ham tasdiqlamoqda.
Moskva ta’kidlashiga ko‘ra, barcha mamlakatlar BMT Xavfsizlik Kengashining terrorchilikka qarshi kurash va Suriyada tinchlik o‘rnatish haqidagi rezolyutsiyasiga amal qilishi kerak.