Putin: Su-24 halokati, bu terrorchilar hamtovoqlari tomonidan, zimdan berilgan zarba

Obuna bo‘lish
“Ushbu fojea Rossiya va Turkiya munosobatlari uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi”, - dedi Putin.

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Kecha Vladimir Putin Iordaniya qiroli Abdulla II bilan uchrashdi Uchrashuvdan Rossiya 24 telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya olib bordi.

So‘z boshida Putin Iordaniya qiroli Abdulla II ga Rossiya harbiy samolyoti halokati munosobati bilan, hamdardlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Bu voqea terrorchilikka qarshi kurash doirasidan tashqarida. Albatta bizning askarlar o‘z jonlarini ayamasdan, terrorchilarga qarshi qahramonlarcha kurash olib bormoqda. Lekin bugungi yo‘qotish — bu bizga, terrorchilar hamtovoqlari tomonidan, zimdan berilgan zarba bo‘ldi. Men bunga o‘zgacha baho bera olmayman.

“Bizning samolyot Turkiya havo kuchlariga qarashli bo‘lgan F-16 samolyotidan “havo-havo” turidagi raketa bilan hujum qilingan. Samolyot Suriya hududi ustida, Turkiya chegarasidan 1 km uzoqlikda bo‘lgan va hujumdan keyin Turkiya chegarasidan 4km masofada qulab tushgan. Nima bo‘lganda ham, bizning uchuvchilar va bizning samolyot Turkiya respublikasiga xavf solgani yo‘q edi. Bu kundek ravshan.

Ular ID terrorchilariga qarshi kurash olib borishayotgan edi. Shimoliy Latakiya bu tog‘li hudud bo‘lib, u yerda asosan Rossiya hududidan kelgan jangarilar jang qilmoqda. Bu ma’noda bizning askarlar, har damda Rossiyaga qaytishi mumkin bo‘lgan, Rossiya xavfsizligiga tahdid solayotgan terrorchilarga oldindan zarba berib, o‘zlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri burchlarini bajarayotgan edi. Albatta, ushbu odamlarni xalqaro terrorchilar safiga qo‘shish kerak.

Biz ancha vaqtdan beri, terrorchilar egallab olgan hududlardan Turkiyaga katta miqdorda neft mahsulotlari tashib kelinayotganini qayd qilgan edik. Bu albatta banditlar guruhlarini katta miqdorda mablag‘ bilan ta’minlash manbaidir. Endi bo‘lsa bizga zimdan zarba berildi. Bizning terrorchilarga qarshi kurashayotgan samolyotimizga hujum qilindi. Ushbu holat biz amerikalik hamkorlarimiz bilan havoda har qanday mojarolarni oldini olish haqidagi shartnoma imzolagan paytimizda sodir bo‘ldi. Ma’lumki Turkiya ham AQSh boshchiligidagi koalitsiya a’zosi, ular ham IDga qarshi kurashmoqda.

Agar “Islom davlati” neft sotishdan bir necha yuz million yoki milliardlab daromad olayotgan bo‘lsa, unda nega ular o‘zlarini bunchalik qo‘pol va surbet, tutayotganini, nega bunchalik vahshiylik bilan odamlarni o‘ldirayotganini, nega butun dunyoda va Yevropa markazida  terrorchilik amalga oshirayotganliklarini tushunsa bo‘ladi.

Biz, albatta bo‘lib o‘tgan voqeani diqqat bilan tahlil qilamiz. Bugun sodir bo‘lgan jinoyat Rossiya va Turkiya munosobatlari uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi. Biz har doim Turkiyaga nafaqat yaqin qo‘shniga balki, yaqin do‘stga bo‘lgan kabi munosobatda edik. Bilmadik, bunday qilish kimga kerak bulgan ekan. Nima bo‘lganda ham bizga emas. Fojeadan keyin, biz bilan darhol aloqaga chiqish o‘rniga, Turkiya NATOdagi hamkorlariga murojaat qilgan, go‘yoki ular emas, biz Turkiya samolyotini urib tushirgandek. Nima, Turkiya NATOni IDga xizmatga qo‘ymoqchimi?

Har bir mamlakatning o‘z regional qiziqishlari borligini biz albatta yaxshi tushunamiz va ularga hurmat bilan qaraymiz. Lekin biz hech qachon, bugun sodir bo‘lgani kabi jinoyatlarga chidab o‘tirmaymiz. Biz, albatta, umid qilamizki xalqaro hamjamiyat umumiy xavf bilan kurashishga o‘zida yetarli kuch topadi va hududning barcha davlatlari ushbu kurashda faol qatnashishiga umid qilamiz.      

Yangiliklar lentasi
0