TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiya Mudofaa Vazirligi Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyoti Turkiya havo chegarasini buzmaganligini isbotlovchi dalillarga ega. Bu haqda Rossiya Havo kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Sergey Dronov ma’lumot berdi.
“Ayni paytda biz Rossiya samolyoti Turkiya havo chegarasini buzmagani haqidagi barcha kerakli dalillarga egamiz”, — dedi Dronov Mudofaa vazirligida o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
24 noyabr kuni Turkiya Harbiy kuchlari Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirdi. Rossiya prezidenti Putin Su-24 Turkiyaning F-16 samolyoti “havo-havo” raketasi orqali urib tushirilgani va Turkiya chegarasi yaqinnida qulagani haqida xabar qildi.
Rossiya Harbiy Kuchlari Bosh Qo‘mondonlik shtabi Su-24 Turkiya havo chegarasini buzmaganligi takrorladi. Bunga dalil sifatida Suriya Havo Mudofaasi ma’lumotlarini keltirdi. Ammo Turkiya Su-24 mamlakat havo chegarasini buzgan degan fikrini o‘zgartirmadi.
Nohush hodisa natijasida bitta uchuvchi halok bo‘ldi. Shturman omon qolishga muvaffaq bo‘ldi. Rossiya Anqaraga yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lash va uzr so‘rash talabini qo‘ydi. Turkiya esa o‘z harakatiga chegarani himoya qilganini asos qilib ko‘rsatib, Rossiya qo‘ygan shartlarni bajarishdan bosh tortdi.
Quyida, urib tushirilgan Su-24 samolyotining uchish trayektoriyasini e’tiboringizga havola qilamiz. Infografika Rossiya Mudofaa vazirligi va Turkiya Qurollangan kuchlari tomonidan ilgari surilgan fikrlar asosida chizilgan.