"Navoiazot" boshqaruvchisi tanloviga chet ellik mutaxassislar qatnashmadi

© NavoiyazotAO «Navoiyazot»
AO «Navoiyazot» - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konkursda, bundan oldin Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatida kadrlar va umumiy masalalar bo‘yicha direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Hasan Farmonov g‘olib chiqdi.

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonning eng yirik kimyo korxonalaridan biri bo‘lgan “Navoiazot” boshqaruvchisi tanlovi chet ellik mutaxassislar orasida qiziqish uyg‘otmagani tufayli, ushbu lavozimga bundan oldin Navoiy

Biznes va boshqaruv - Sputnik O‘zbekiston
Chet el fuqarolariga davlat korxonalirini boshqarish huquqi berildi
tog‘-metallurgiya kombinatida kadrlar va umumiy masalalar bo‘yicha direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Hasan Farmonov tayinlandi. 

2015 yil noyabrida “Navoiazot” O‘zbekiston korxonalari orasida birinchi bo‘lib aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimiga chet ellik mutaxassislar qatnashishi mumkin bo‘lgan tanlov e’lon qilgan edi. Uning yakunlari o‘tgan haftada e’lon qilindi.

“Chet ellik mutaxassislardan tanlovda qatnashish uchun arizalar kelmadi. Tanlovda, bundan oldin Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatida kadrlar va umumiy masalalar bo‘yicha direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Hasan Farmonov g‘olib chiqdi”, — deb e’lon qildi “Navoiazot” tanlov komissiyasi vakili.

"Navoiazot" 1964-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, u to‘liq davlatga tegishli korxona, mineral o‘g‘itlar va nitron tola ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hozirgi kunda korxona asosida qiymati 1,6 milliard $ bo‘lgan, polivinilxlorid va azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish majmuasi  ishga tushirilmoqda. Mamlakat hukumati yaqin ikki yil ichida zavodning 49% aksiyalarini chet el sarmoyadorlariga sotish niyatida.

Janubiy Koreya Respublikasi bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya O‘zbekistonning 24 korxonasida davlat ulushini sotib oladi

Oxirgi yillar davomida O‘zbekiston chet el sarmoyalarini jalb qilish maqsadida barcha sa’y –harakatlarni amalga oshirmoqda. Respublikaning ko‘plab korxonalari aksiyalari qisman sotuvga chiqarilshgan, o‘tgan yilning may oyida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov  o‘z qarori bilan chet el fuqarolariga mamlakat aksiyadorlik jamiyatlarida yuqori lavozimlarda ishlash huquqini kiritdi. Undan tashqari, chet el mutaxassisilarining boshqaruv faoliyatidan olgan maoshlari daromad solig‘i, va sug‘urta to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0