TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, amaldagi qonunlarga bir qator oʻzgartirishlar kiritdi. Ularga koʻra, chet ellik mutaxassislar respublikaning davlat ixtiyorida boʻlgan korxonalarida boshqaruvchi lavozimlarda ishlash huquqiga ega boʻldilar, RIA Novosti paralment matbuot xizmati xabari asosida.
Xususan, deputatlar yuqori malakali chet ellik mutaxassislarni aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruvchi lavozimlarida ishlash tartibini belgilaydigan normalarni qabul qilishdi.
“Yaqinda deputatlar aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqarishning zamonaviy uslublarini kiritish munosobati bilan “Oʻzbekiston respublikasining baʼzi qonunlariga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritish” haqidagi qonunni qabul qilishdi”, — Oliy majlis matbuot xizmati xabari asosida.
Parlament vakilining soʻzlariga qaraganda, bundan buyon chet ellik mutaxassislar boshqaruvchi lavozimlar konkurslarida qatnashish huquqiga ega boʻladi. Ushbu oʻzgartirishlar haqidagi qonun Senatga yuborildi.
Ushbu qonunga koʻra, chet ellik mutaxassislar daromad soligʻi, sugʻurta fondiga toʻlovlardan ozod qilinadi. Oʻz navbatida, korxonalar ham ushbu mutaxassis maoshidan ijtimoiy fondlarga toʻlanadigan soliqlardan ozod qilinadi.
Shu yilning may oyida, davlat rahbari qaroriga binoan Oliy biznes maktabi oʻrniga, Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi ochildi.
Ushbu markazga boshыaruvchi kadrlarni tayorlash va ularning malakasini oshirish vazifalari yuklatilgan.