Janubiy Koreya O‘zbekistonning 24 korxonasida davlat ulushini sotib oladi

© J. Patrick FischerJanubiy Koreya Respublikasi bayrog‘i
Janubiy Koreya Respublikasi bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tegishli shartnomalar Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumida imzolandi. Forumda 30 mamlakatdan 200 kompaniya vakillari qatnashdi.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov payshanba kuni Koreya Respublikasining Sanoat, savdo va tabiat zahiralari vazirining birinchi o‘rinbosari bilan ushbu mamlakatning O‘zbekiston davlat korxonalarini xususiylashtirishda qatnashishini muhokama qildi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

Janubiy Koreya delegatsiyasi Toshkentda 5-6 noyabrda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumiga qatnashish uchun keldi. Tadbirning asosiy vazifasi – xususiylashtirish dasturiga kiritilgan, O‘zbekistonning yetakchi korxonalarini taqdim etish va ularning ulushini chet ellik sarmoyadorlarga sotish. Forumda dunyoning 30dan ortiq mamlakatidan 200dan ortiq korxonalari qatnashdi.

“Xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan 24 shartnoma va memorandumlarni tomonlar yuqori baholashdi. Ushbu shartnoma va memorandumlar neft va gaz, kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, qurilish materiallari va infraqurilma sohalaridagi davlat korxonalarining umumiy narxi 220 mln dollarga teng bo‘lgan aksiyalarini sotib olishni ko‘zda tutgan”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.  

Ushbu yilning may oyida O‘zbekiston prezidenti respublikada, chet ellik sarmoyadorlarga sotuvga mo‘ljallangan  68 korxonasini belgiladi. Ushbu ro‘yxatga “Navoiyazot”ning 49%, “Farg‘onaazot”ning 48,05%, ikki yangi tashkil qilingan qishloq xo‘jalik mashinasozlik korxonasining 49%, “Qizilqumsement”ning 35,9 %, “Investstroy”ning 60% aksiyalari kiritildi. Undan tashqari respublikadagi ikki bankning boshqaruvchi paket aksiyalari ham sotuvga chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0