Ekspert: Aynan Rossiya IDni chekinishga majbur qildi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishSuriyada Rossiya harbiy aviatsiyasi
Suriyada Rossiya harbiy aviatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniya siyosiy eksperti Markus Papadopulosning fikrga ko‘ra Suriyada IGni chekinishga majbur qilgan yagona sabab bu - Rossiyaning harbiy havo operatsiyasi.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama terrorchilarni yo‘q qilamiz degan vaqtda ID terrorchi guruhining quvvati cheksiz edi. Faqatgina Damask bilan Moskva birgalashib kurash boshlaganda terrorchilar chekinishni boshladi, dedi Britaniyaning xalqaro munosobatlar bo‘yicha mutaxassisi, Politics First jurnali bosh redaktori Markus Papadopulos Sputnik muxbiriga bergan intervyusida.

Britaniya eksperti Markus Papadopulosning fikrga ko‘ra Suriyada IGni chekinishga majbur qilgan yagona sabab bu — Rossiyaning harbiy havo operatsiyasi. Ba’zi g‘arbiy mamlakatlar AQSh boshchiligidagi koalitsiya IDni qochishga majbur qildi degan edi, lekin bu “butkul yolg‘on”. Vashington va uning ittifoqchilari boshlagan kampaniya “to‘liq muvaffaqiyatsizlikka” uchradi, deb hisoblaydi ekspert.

AQSh haligacha ID va boshqa radikal guruhlar bilan kurashish uchun Suriya armiyasi bilan hamkorlik qilish kerakligini tushunmaydi. Aynan Suriya hukumati qo‘shinlari va qurdlar uzoq vaqt davomida ekstremistlarni to‘xtatish uchun quruqlik operatsiyasi olib borgan.  

Markus Papadopulosning fikriga ko‘ra Suriya armiyasi IDga qarshi kurashning “joni” va Rossiya buni tushunadi.

Rossiya qanotli raketalar tashuvchi kreyseri - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiy kemalari ID poytaxtiga zarba berdi

Suriyada IDga qarshi kurash 2011-yildan buyon olib borilmoqda. Hukumat qo‘shinlari turli terrorchi guruhlarga qarshi kurash olib bormoqda. Terrorchilar orasida eng faol guruhlar bu “Islom davlati” va Jebhat an-Nusra”. Ularning ikkalasi ham Rossiyada ta’qiqlangan.

ID hozirgi kunda dunyodagi eng katta xavflardan biri bo‘lib qolmoqda. Uch yil mobaynida terrorchilar Suriya v Iroq hududida katta maydonlarni egallab olishdi. Undan tashqari ular o‘z ta’sirni Shimoliy Afrika mamlakatlariga ham o‘tkazmoqdalar. Oxirgi yarim yil davomida terrorchilar Yevropa, Turkiya, Indoneziya va boshqa bir qator mamlakatlarda yuzlab odamlarning qurbon qilgan terrorchilik aktlari uyushtirishdi. 

 

Yangiliklar lentasi
0