TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Ar-Ramadiy shahri hukumati 40 kishi tanasi eksgumatsiya qilinishi haqida ta’kidlashdi. Ular orasida ayollar hamda bolalar ham borligi ma’lum qilinmoqda. Qurbonlar “Islom davlati” terrorchilari tomonidan o‘ldirilib, umumiy qabristonga ko‘mib yuborilgan, xabar qiladi RIA Novosti.
“Fikrimizcha, shohidlar “Islom davlati” jangarilari Ar-Ramadiyga hujum uyushtirgan vaqtda, ularga qarshi kurashgan odamlar bo‘lishi mumkin", — xabar qiladi Press TV telekanali provinsiya gubernatori Sohib ar-Ravi ta’kidiga ishora qilgan holda.
Iroqning Ar-Ramadiy shahri terrorchilardan tozalangach, bir necha kun o‘tib, qirqdan ortiq kishilarning ommaviy qabri aniqlandi. Iroq rasmiy vakillari xabariga ko‘ra, bu odamlar 2015-yilning may oyida “ID” jangarilari shaharni egallagan vaqtda o‘ldirilgan.
Ommaviy qabr 26-yanvar kuni aniqlangan. Dastavval, hukumat, qabrdan 18 kishi, shu jumladan, 5 nafar politsiyachi tanasi chiqarib olingani haqida ma’lum qilgan edi. Qurbonlarning barchasi otib o‘ldirilgan yoki boshi tanasidan judo qilingan.
2015 yil dekabr oyida Iroq armiyasi Ar-Ramadiy shahri “ID” terrorchilaridan to‘liq ozod qilingani haqida e’lon qilgan edi. Sal kechroq provinsiya gubernatori Sohib ar-Ravi shahar faqat 80%ga jangarilardan ozod qilingani haqida xabar qiladi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ham Ar-Ramadiyning bir qismida hali ham jangarilar mavjudligini tasdiqlaydi.