ID Suriyada yana 280 kishini qatl qildi

© YoutubeIShID jangarilari
IShID jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyaning Deyr-ez-Zor viloyatida, ID jangarilari 280 kishini qatl qildi. Qurbonlar orasida ayollar, bolalar va qariyalar bor. Jangarilar ularni Suriya armiyasi bilan hamkorlikda ayblashgan.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. “Islom davlati” terrorchi guruhi jangarilari Suriyaning Deyr-ez-Zor viloyatida, Al-Bagiliya qishlog‘ida 280 kishini qatl qilishdi. Qurbonlar orasida ayollar, bolalar va qariyalar bor, xabar bermoqda Sputnik agentligi mahalliy aholi ma’lumotiga asosan.

“Bugun jangarilar Deyr-ez-Zorning Al-Bagiliya qishlog‘ida dahshali qotillik uyushtirishdi. 280 kishi o‘ldirildi, ular orasida ayollar, bolalar va qariyalar bor. Sabab — go‘yoki, ular Suriya armiyasi bilan hamkorlik qilishgan emish”, — deb xabar bermoqda mahalliy aholi.   

Yaqinda, 10-yanvar kuni ID jangarilari Iroqning Mosul shahrida 80 kishini qatl qilgani haqida xabar bergandik

 

Yangiliklar lentasi
0