TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Suriyaning Rakka shahrida “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilaridan biri barchaning ko‘z oldida o‘z onasini qatl qildi, Suriya inson huquqlari kuzatuv qo‘mitasi xabari asosida.
Huquqni himoya qiluvchilar xabariga ko‘ra, yoshi qirqlar atrofida bo‘lgan ayol o‘zining 20 yoshli o‘g‘lini “Koalitsiya jangarilar guruhini to‘liq yo‘q qilib tashlamasidan oldin, ID safidan chiqishga va birga Rakkadan qochishga” chaqirgan. Yigit bu haqda o‘z rahbarlariga xabar bergan va uning onasi hibsga olingan.
Shundan keyin ayol o‘z o‘g‘li tomonidan, yuzlab odamlar oldida, o‘zi ishlagan pochta bo‘limi yonida qatl qilingan.
O‘tgan yilning dekabr oyida ma’lum bo‘lishicha, 2014-yilning iyun oyidan boshlab Iroqning Mosul shahrida ID 837 ayolni qatl qilgan. Suriyaning Palmira shahrida esa jangarilar 400 kishini ommaviy ravishda qatl qilgan.