TOShKENT, 27 yanv — Sputnik, Grigoriy Duboviskiy. AQSh prezidentligiga nomzod Tramp Amerika “bolalar”ga muhtoj emas, deb hisoblaydi. “AQShga Rossiya, Xitoy va Yaponiya bilan munosabat o‘rnata oladigan rahbar kerak”, — deb ta’kidladi Tramp, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
"Amerikaga shartnomalarni imzolaydigan, mamlakatga yiliga millionlab avtomobillarni eksport qiladigan – Rossiya, Xitoy va Yaponiya singari davlatlar bilan kelishuvga bora oladigan rahbar kerak. Biz esa nimaga erishdik? AQSh o‘ziga kerakli davlatlar bilan munosabat o‘rnata olgani yo‘q. Bu borada biz inqirozni boshdan kechirmoqdamiz”, — ta’kidladi Tramp Ayova shtatida o‘tgan matbuot-anjumanida.
"Bizga qanday ishga qo‘l urayotganini anglay oladigan odamlar kerak. Bizga bolalar(davlat boshqaruvida, tahr.) kerak emas. Ular (boshqa mamlakatlar, tahr.) bolalar bilan ish olib bormaydi”, — qo‘shimcha qildi siyosatchi.
Tramp o‘zining saylovoldi tashviqotida vaqti-vaqti bilan Barak Obama tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosat, shu jumladan uning Rossiyaga qarshi munosabatini, tanqid qilib turadi.
Bundan bir oz vaqt oldin Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Rossiya bilan chuqur munosabatlarga tayyorligi haqida ta’kidlagan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning ushbu so‘zlarini ijobiy baholab, uni “prezidentlik poygasining mutlaq yetakchisi”, deb maqtadi, hatto. Tramp o‘z navbatida, Putin singari obro‘li insondan bunday maqtov so‘zlarni eshitish, katta faxrligini bildirdi.