Putin: “Amerikaliklar saylaydigan har qanday prezident bilan ishlashga tayyormiz”

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishVladimir Putinning an’anaviy yirik matbuot-anjumani.
Vladimir Putinning an’anaviy yirik matbuot-anjumani. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Rossiya hech qachon AQShdan bekinmagan. Amerika xalqi saylaydigan har qanday prezident bilan ishlashga tayyormiz”.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putinning an’anaviy o‘n birinchi matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. “Rossiya hech qachon AQShdan bekinmagan. Amerika xalqi saylaydigan har qanday prezident bilan ishlashga tayyormiz. Faqat oldin uning kimligini tushunishimiz lozim”, ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot-anjumanida.

"Lekin u(AQSh prezidenti demoqchi) kim bo‘lishidan qat’iy nazar, biz Qo‘shma Shtatlar bilan ishlashga, munosabatlarni rivojlantirishga tayyormiz. AQSh davlat-kotibining oxirgi tashrifi, faqat birgalikda yechimini topsa bo‘ladigan muammolarni bartaraf etishda ular biz bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ko‘rsatdi, menimcha”, — dedi Putin.

"Biz hech qachon ulardan berkinmaganmiz. Aksincha, ular bizga mamlakat ichida nimalar qilishimiz, kimni saylashimizu, kimni saylamasligimiz kerakligini haqida maslahat bermoqchi bo‘ladi. Biz hech qachon bunday qilmaganmiz. Ularning ishiga aralashmaymiz. Qolaversa, bu xavfli. Aytishlaricha, u yoqda biror chet ellik kuzatuvchi saylov jarayonida navbatda turganlarga besh metrdan yaqinroq boradigan bo‘lsa, prokuror “qamoqqa tiqaman” deb qo‘rqitar ekan. Biz hech qachon bunday qilmaymiz. Biz ochiqmiz. Va Amerika xalqi saylaydigan har qanday prezident bilan ishlashga tayyormiz", — dedi rossiya prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0